EDIRNE

EDIRNE — Turkiyaning gʻarbiy qismidagi shahar. Edirne elining maʼmuriy markazi. Aholisi 119,3 ming kishi (2000). Transport yoʻllari chorrahasi, Q. x. rayonining (gʻalla va boshqalar) savdo markazi. Oziq-ovqat, ip gazlama sanoati korxonalari mavjud. Shaharga, taxminlarga koʻra, frakiylar tomonidan Odris nomi bilan asos solingan. Mil. av. 4-asrdan 2-asr oʻrtalarigacha qadimiy Makedoniya mustamlakasi. Oʻsha vaqtdan Rim bosib olgan. Mil. 125-yilda Rim imperatori Adrian tomonidan qayta qurilib, uning sharafiga Adrianopol deb nomlangan. 4-asr oxiri — 14-asr oʻrtalarigacha Vizantiya tarkibida boʻlgan. 14-asrning 60-y. larida Usmonli turk saltanati qoʻl ostiga oʻtgan. 1453-yilgacha Usmonli turk saltanati poytaxti. Meʼmoriy yodgorliklardan 15—17-asrlarga oid masjidlar sakdangan.


Lotin alifbosida maqola: EDIRNE haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: E harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
YAPONIYA
YUNONISTON
XITOY
TURKIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты