DOKUCHAYEV Vasiliy Vasilyevich

DOKUCHAYEV Vasiliy Vasilyevich (1846.1.3, Milyukove qishlogʻi, hoz. Smolensk viloyati Sichyovskiy tumani — 1903.8.11, Peterburg) — rus tabiatshunos olimi, Peterburg un-ti prof. (1883—96). «Rossiya qora tuprogʻi» (1883), asarida genetik tuproqshunoslik asoslarini yaratdi, tuproqshunoslik fanining asosiy qoidalarini taʼriflab berdi. «Bizning dashtlar oʻtmishda va hozir» (1892) asarida qurgʻoqchilikka qarshi kurash majmuining ilmiy yechimlarini koʻrsatib bergan. Rossiyada birinchi tuproqshunoslik kafedrasiga asos solgan (1895). Dokuchayev gʻoyalari tabiiy geogr., oʻrmonshunoslik, melioratsiya va b. rivojlanishiga sezilarli taʼsir koʻrsatdi. Rossiya Qishloq xoʻjaligi FA Tuproqshunoslik in-ti va b. ilmiy muassasalar Dokuchayev nomi bilan ataladi.


Lotin alifbosida maqola: DOKUCHAYEV Vasiliy Vasilyevich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ROSSIYA
TOSHKENT
TARIX
BIOLOGIYA
FIZIKA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты