EKLIPTIKA

EKLIPTIKA (yun. — tutilish) — Quyoshning osmon gumbazidagi koʻrinma yillik harakat yoʻli. Bu harakat katta aylana boʻylab sodir boʻlib, osmon gumbazining sutkali harakatiga qaramaqarshi yoʻnalgan va tezligi sutkasiga 59ʻ8» ga teng. Quyoshning yillik koʻrinma harakati Yerning Quyosh atrofidagi haqiqiy harakati natijasida kelib chiqadi. Yerning orbita tekisligi Ekliptika tekisligidan iborat. Ekliptika tekisligining ekvator tekisligiga oʻrtacha ogʻmaligi ye=23°27ʻ08»,26. E. va ekvator bir-biri bilan ikki nuqtada — bahorgi teng kunlik va kuzgi teng kunlik nuqtalarida kesishadi. Ekliptika zodiaqdagi 12 ta yulduz turkumidan oʻtadi. Ekliptika tekisligi osmon koordinatalari sistemasida asosiy tekisliklardan biri hisoblanadi.


Lotin alifbosida maqola: EKLIPTIKA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: E harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
QUYOSH
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
VAQT
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты