EKSKAVATOR

EKSKAVATOR (lot. yexsauo — oʻyaman, qaziyman) — togʻ jinslari va yerni (gruntni) qazish, ularni transport vositalariga yuklash yoki toʻplash uchun moʻljallangan qazishyuklash mashinasi. Yer qazish mashinalarini yaratish gʻoyasini 16-asrda Leonardo da Vinchi E. draglayn sxemasi tarzida ilgari surdi. Ekskavatorning chizmasini birinchi marta rus muhandisi A. A. Betankur 19-asr 20-y. larida ishlab chiqqan. 1834-yilda AQSH da V. Otisom natent olgan; 1910-yilda birinchi elektr dvigatelli Ekskavator, 1912-yilda dizel yonilgʻisida ishlaydigan, 1920-y. larda relsda harakatlanib, toʻla buriladigan Ekskavator ishlab chiqarildi. Keyinchalik Ekskavatorning tuzilishi takomillashtirib borildi.

Ekskavator bir kovshli (uzluksiz yoki siklli ishlaydigan) va koʻp kovshli (uzluksiz ishlaydigan) xillarga boʻlinadi. Ekskavatorning asosiy qismlari; kovsh (choʻmich), sharnirli quloch, kuch qurilmasi (dvigatel), buriladigan korpus va yurish qismi (gusenitsa, gʻildiraklar). Bir kovshli Ekskavatorning ish sikli kon jinsi yoki gruntni kesish yoki qazish, toʻlgan kovshni boʻshatish va kovshni zaboyga qaytarishdan iborat. Ekskavatorning quvvati, turi va ish sharoitiga qarab, ish sikli 15—80 sek davom etadi. Yurish qismlarining turiga koʻra, gusenitsali, gʻildirakli, odimlovchi, relsda yuradigan, suvda suzadigan, gʻildirakligusenitsali; kuch qurilmasining turiga koʻra, bir dvigatelli va koʻp dvigatelli; ichki yonuv dvigatelli, elektr, gidravlik, pnevmatik va aralash dvigatelli; boshqarish turiga qarab, qoʻlda, gidravlik, pnevmatik, elektr bilan va aralash boshqariladigan; ish organining turiga koʻra, toʻgʻri va teskari kurakli, draglaynli, greyferli va boshqa Ekskavatorlar boʻladi. Toʻgʻri kurakli Ekskavator keng tarqalgan. Bunday Ekskavator lardan foydali qazilmalarni qazib olishda, qattiq va toshloq gruntlarda zovurlar qazishda foydalaniladi. Teskari kurakli Ekskavator tor zovurlar qazishda, uncha katta boʻlmagan zovurlarda inshootlar qurishda qoʻllaniladi. Draglaynli Ekskavator oʻzi turgan sathdan pastdagi gruntlarni qaziydi. Greyferli Ekskavator yuklash ishlarida, zovur qazish va boshqalar maqsadlarda ishlatiladi. Turli almashtiriladigan jihozlar (montaj ishlari, yuk ortish va tushirish, burgʻilash, ustunqoziqlar qoqish va boshqalaruchun) bilan jihozlangan Ekskavatorlar universal Ekskavator deyiladi. Gidroyuritmali, yaʼni gidroekskavatorlar ham keng tarqalgan. Ularda turli ish organlari buriladigan platforma bilan sharnirli birikadi va yuqori (30—100 MPa) bosimli nasoslar bilan harakatlanadi. Vazifasiga qarab, bir kovshli Ekskavator, qurilishda, karyerda, tunnelda ishlatiladigan, kon ochadigan, suzib yuruvchi va boshqalar xillarga boʻlinadi. Tunnel vashaxta Ekskavator lari aksari yer osti ishlarida qoʻllanadi. Bir kovshli Ekskavatorlar kovshining sigʻimi — 160 m3 gacha.

Koʻp kovshli Ekskavator ish jihozlarining turiga qarab, zanjirli va rotorli xillarga boʻlinadi. Zanjirli Ekskavator larda kovshlar (12—40 ta) yoʻnaltiruvchi rama gʻaltaklari boʻyicha harakatlanuvchi uzluksiz zanjirga mahkamlanadi. Rotorli Ekskavator larda ish organi 6—12 ta (baʼzan 24 gacha) kovsh oʻrnatilgan rotordan iborat. Bunda grunt toʻkish konveyeriga berilib 150 m gacha tashiladi. Uning kovlash bal. 50 m gacha, chuqurligi esa 25 m gacha boʻladi. Rotorli Ekskavatorlar koʻproq konlarda ishlatiladi. Harakat yoʻnalishiga qarab, koʻndalangiga, boʻylamasiga qaziydigan va buriladigan xillarga boʻlinadi. Koʻp kovshli Ekskavator larning ish unumdorligi 15000 m3/soat gacha yetadi. Ekskavatorlar Rossiya, AQSH, Germaniya, Fransiya, Yaponiya, Polsha, Chexiya va boshqalar mamlakatlarda ishlab chiqariladi. Toshkent ekskavator z-dida ham Ekskavatorlar ishlab chiqarilgan (1945—90).


Lotin alifbosida maqola: EKSKAVATOR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: E harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
AVIATSIYA
YAPONIYA
ROSSIYA
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты