DONXOʻR QOʻNGʻIZLAR

DONXOʻR QOʻNGʻIZLAR (Bruchidae) – oʻsimlikxoʻr qoʻngʻizlar oilasi. 1200 ga yaqin turi bor. Bargxoʻr qoʻngʻizlar oilasiga yaqin turadi. Tanasi uz. 5 mm dan ortiq. Yaxshi uchadi. Tuxumdan endigina chiqqan lichinkalarining uch juft oyogʻi boʻlib, ular keyinchalik yoʻqolib ketadi. Ular, asosan, dukkaklilar uru-gʻida, baʼzan pechakguldoshlar, soyabondoshlar va b. oʻsimliklar urugʻida rivojlanadi. Noʻxat, loviya D. q. lari, xitoy D. q., toʻrt nuqtali Donxoʻr qoʻngʻizlar Oʻzbekistonda tashqi karantin obyekti hisoblanadi. Donxoʻr qoʻngʻizlar oʻsimliklar urugʻi b-n osongina tarqaladi. Bir qancha turi (mas, loviyaxoʻr, noʻxatxoʻr va b.) dukkakli oʻsimliklar urugʻini zararlaydi. Donxoʻr qoʻngʻizlar tuxumini dukkaklilar guliga yoki qoʻzogʻiga qoʻyadi, qurtlari qoʻzoq qobigʻini kemirib, urugʻi ichiga kirib oladi. Urugʻ ichida qurtlari barcha rivojlanish davrlarini oʻtaydi (kurash choralari haqida q. Ombor zararkunandalari).


Lotin alifbosida maqola: DONXOʻR QOʻNGʻIZLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
KARANTIN
YER
TOSHKENT
DUKKAKLI DON EKINLARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты