ELASTIKLIK NAZARIYASI

ELASTIKLIK NAZARIYASI — mexanikaning tinch yoki harakatlanuvchi jismlarda yuk (kuch) taʼsirida hosil boʻladigan siljish, deformatsiya va kuchlanishlarni oʻrganadigan boʻlimi. Kuch, tra, radioaktiv nurlanish va boshqalar taʼsirida boʻlgan har xil jismlar (mashinalar, inshootlar, konstruksiyalar va ularning elementlari, toʻgʻonlar, geologik strukturalar, tirik organizm qismlari va h. k.) E. n. usullarida tekshiriladi. Elastiklik nazariyasi usullari vositasida obyekt (mashina, inshoot va boshqalar) ning mustahkamlik chegarasini hamda uning ishlash jarayonida ruxsat etilgan kuchlanishlar chegarasini hisoblash, inshootlar, konstruksiya va detallarning optimal oʻlchamlarini aniqlash, dinamik taʼsirlar, mas, elaspgik toʻlqinlar tarqalganda ularda paydo boʻladigan ortiqcha kuchlanishlarni belgilash, konstruksiyaning tebranishlar amplitudasi, chastotasi hamda ularda hosil boʻladigan dinamik kuchlanishlarni hisoblash, hisoblanayotgan obyektning ustuvorligini yoʻqotuvchi kuchlar qiymatini aniqlash mumkin. Shunday hisoblashlar yordamida qurilishi lozim boʻlgan obyekt uchun materiallar ham tanlanadi. Plastiklik nazariyasining bazʼi masalalarini yechishda (mas, ketmaket yaqinlashish usulida) ham Elastiklik nazariyasi qoʻllaniladi.

Elastiklik nazariyasi texnika va sanoatning turli sohalarida, mas, qurilish ishlarida, aviatsiya va raketasozlik, mashinasozlik, togʻkon ishlarida, shuningdek, fizika, seysmologiya, biomexanika va boshqalar fanlarda mustahkamlik, deformatsiyalanish va ustuvorlik hisoblarining nazariy asosini tashkil qiladi.


Lotin alifbosida maqola: ELASTIKLIK NAZARIYASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: E harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
FIZIKA
TOʻLQINLAR
MEXANIKA
TEMIRBETON KONSTRUKSIYALAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты