ELEKTR IZOLYATSIYA MATERIALLARI

ELEKTR IZOLYATSIYA MATERIALLARI — elektr qarshiligi yuqori boʻlgan materiallar. Gazsimon, suyuq va qattiqxillarga boʻlinadi. Gazsimon Elektr izolyatsiya materiallariga havo, freon21 (dixlorftormetan), elegaz (oltingugurt geksoftorid) kiradi. Suyuq Elektr izolyatsiya materiallari turli moylar va kremniyorganik suyuqliklardan iborat. Qattiq Elektr izolyatsiya materiallari kimyoviy tarkibiga koʻra, organik (smolalar, plastmassalar, parafinlar, toʻqimalar, karton, qogʻoz, yogʻoch va boshqalar) va anorganik (koʻp tarqalganlaridan smola, shisha, sopol) materiallardan iborat boʻladi. Sintez yoʻli bilan olinadigan organik Elektr izolyatsiya materiallari keng qoʻllaniladi. Bu materiallar zarur fizikkimyoviy va mexanik xususiyatli qilib ishlab chiqariladi. Oʻtkazgich (sim) lar, elektr jihozlari, radiotexnika apparatlarini himoyalashda, kondensator va elektron texnikasi elementlarida dielektrik sifatida ishlatiladi. Moddalar molekulalarining elektr xossalariga koʻra, Elektr izolyatsiya materiallari kugbiy (dipol) va noqutbiy (neytral) boʻlishi mumkin. Qutbiy materiallar: bakelit, sovol, galovaks, polivinilxlorid, koʻpchilik kremniyorganik materiallar; noqutbiy materiallar: yudorod, benzol, karbon (M)xlorid, polistirol, parafin va boshqalar Umuman barcha Elektr izolyatsiya materiallarini tabiiy va sunʼiy (sintetik) xillarga boʻlish mumkin. Sunʼiy materiallarning tabiiy materiallardan afzalligi shundaki, amalda zarur . elektr va fizikkimyoviy xossali Elektr izolyatsiya materiallarini sunʼiy ravishda tayyorlash mumkin. Elektr izolyatsiya materiallari kabellar va turli elektr apparatlar yasashda, elektr uzatish liniyalarida, elektr mashinasozligida, radiotexnikada, uyroʻzgʻorda va texnikaning koʻp tarmoqlarida qoʻllanadi (yana q. Izolyator).


Lotin alifbosida maqola: ELEKTR IZOLYATSIYA MATERIALLARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: E harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



SHISHA
KREMNIYORGANIK BIRIKMALAR
KIMYO
YER
QOGʻOZ


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты