DRENAJ OQIMI

DRENAJ OQIMI — muayyan vaqt davomida melioratsiyalanadigan maydondan kollektor-drenaj tarmogʻi (yoki uning qismlari) orqali chiqarib yuboriladigan suv hajmi (yoki sarfi); l/s, m3/s, m3/ ga bilan (oy, yil va b. uchun) ifodalanadi. Drenaj oqimi miqdori gruntning suv oʻtkazish imkoniyati, maydonni drenajlash darajasi, kollektor-drenaj tarmogʻi chuqurligi, grunt suvlarining toʻyinish sharoiti, drenaj: oqimi moduli mikdori va b. omillarga bogʻliq. Sugʻorma dehqonchilik zonalari uchun yerlarning qulay meliorativ holatini taʼminlovchi Drenaj oqimi miqdori sugorishga berilgan suvning 15—35% ini yoki yiliga 1,5—10,0 m3/ga ni tashkil etadi (q. Yerlarning meliorativ holati). Drenajni loyihalashda Drenaj oqimi turli usullar bilan anikla-nadi. Oʻrtacha yillik va oʻrtacha oylik Drenaj oqimi miqdori suv balansi hisoblari asosida topiladi. Ishlab turgan kollektor-drenaj tarmogʻi tizimlarida Drenaj oqimi gidrometrik postlarda suv sarfini oʻlchab yoki oqim moduli miqdorini topish maqsadida uning ayrim elementlari ishini oʻrganish yoʻli b-n aniqlanadi.


Lotin alifbosida maqola: DRENAJ OQIMI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
YAPONIYA
OKEAN
TOSHKENT
ERON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты