ELEKTR TARMOGʻI

ELEKTR TARMOGʻI — elektr energiyasini elektr manbaidan isteʼmolchilariga uzatish va taqsimlash uchun moʻljallangan qurilmalar majmui. Umumiy maqsadlarga moʻljallangan Elektr tarmogʻi elektr st-yalar bilan isteʼmolchilarni havo liniyalari va kabelli elektr uzatish liniyalari orqali bogʻlaydi, hududiy jihatdan tarqoq isteʼmolchilarni elektr energiyasi bilan markazlashgan usudda taʼminlaydi. Elektr uzatish liniyalari bilan bogʻlanmaydigan Elektr tarmogʻi lari ham boʻladi. Qanday maqsadlarga moʻljallanganligiga qarab, ular taʼminlovchi va taqsimlovchi tarmoqlarga, yaʼni elektr energiyasini kichik elektr st-yalardan shahar, sanoat, q. x. va boshqalar isteʼmolchilarga uzatuvchi va taqsimlovchi tarmoqlarga; kuchlanishi boʻyicha ikki guruhga, yaʼni kuchlanishi 1 kV gacha va undan yuqori boʻlgan tarmoqlarga boʻlinishi mumkin. Bundan tashqari, tok turiga qarab, oʻzgaruvchan va oʻzgarmas tok E. t. ga, foydalanilishiga koʻra, havo liniyali va kabelli; tuzilishi boʻyicha halqali va radial; ishlash rejimi boʻyicha ochiq va berk xillarga boʻlinadi. Elektr tarmogʻi tarkibiga YEOr tokni oʻzgartiruvchi, elektr energiyasini taqsimlovchi va tarmoq ish rejimini boshqaruvchi elektr st-yalari kiradi. Oʻzgaruvchan tok E. t. lari kengtarqalgan. Oʻzbekistonda bunday Elektr tarmogʻilari uchun 12,24,36, 48,60, 127, 229, 380, 660 V li; 3, 6, 10, 20, 35, 110, 150, 220, 330, 500, 750 kV li nominal kuchlanishlar qabul qilingan. Oʻzgarmas tok Elektr tarmogʻilari, asosan, shaharlar, qisman t. y. elektr transporti va baʼzi elektrkimyoviy korxonalarni elektr bilan taʼminlashda qoʻllanadi. Kuchlanishi 220 V gacha boʻlgan. Elektr tarmogʻilar kichik quvvatli isteʼmolchilar (uyroʻzgʻor yoritish asboblari, elektr apparatlar va boshqalar) ni, 380 V dan 10 kV gacha boʻlgan Elektr tarmogʻilar yuqori quvvatli elektr dvigatellar ishlatiladigan isteʼmolchilarni energiya bilan taʼminlashda qoʻllanadi. Kuchlanish 6 kV dan yuqori boʻlgan Elektr tarmogʻi lardan elektr energiyani qabul qilib, keyin kuchlanishni pasaytirib tarqatishda foydalaniladi.


Lotin alifbosida maqola: ELEKTR TARMOGʻI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: E harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
YER
ELEKTR TOKINI UZATISH
YAPONIYA
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты