ELEKTROLITLAR

ELEKTROLITLAR (elektro… va yun. 1u1o8 — eruvchan, parchalanuvchan) — elektr tokini oʻtkazuvchi ionlarning maʼlum konsentratsiyasi qatnashadigan kimyoviy moddalar yoxud sistema; tor maʼnoda — elektrolitik dissotsiatsiya natijasida hosil boʻladigan ionlar bilan elektr toki oʻtkazadigan eritmalar. Elektrolitik dissotsiatsiya darajasi (a) ga koʻra kuchli Elektrolitlar (a birga yaqin) va kuchsiz Elektrolitlar (a 0 ga yaqin) farqlanadi. Eritmada 1 ta molekulani dissotsiatsiyalaydigan ionlar soniga qarab Elektrolitlar binar (2 ta ion), ternar (3), kvarternar (4), simmetrik va assimmetrik xillarga boʻlinadi. Elektrolitlar fan va texnikada keng qoʻllanadi. Tirik organizmlarning barcha suyuq sistemalarida Elektrolitlar boʻladi. Elektrolitlar koʻpgina kimyoviy sintezlar va elektrokimyoviy ishlab chiqarish jarayonlarida muhim ahamiyatga ega.


Lotin alifbosida maqola: ELEKTROLITLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: E harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
ERITMALAR
DISSOTSIATSIYA
KIMYO
ION EMISSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты