ELLIKQALʼA TUMANI

ELLIKQALʼA TUMANI — Qoraqalpogʻistondagi tuman. 1977 yil 23-martda tashkil etilgan. Shim. dan Qozogʻiston Respublikasining Qiziloʻrda viloyati, gʻarbdan Beruniy, Taxtakoʻpir, jan. dan Toʻrtkoʻl tumani, sharkdan Navoiy viloyati, jan. gʻarbdan Xorazm viloyati bilan chegaradosh. Mayd. 5,4 ming km2. Aholisi 119,1 ming kishi (2004). Tumanda 1 shahar (Boʻston), 12 qishloqfuqarolari yigʻini (Amirobod, Guldursun, Guliston, Navoiy, Oqchakoʻl, Saribiy, Tozabogʻ, Sharq Yulduzi, Ellikqalʼa, Qizilqum, Qilchinoq, Qirqqiz) bor. Markazi — Boʻston shahri Tabiati. Tuman relyefi jan. dan shim. ga pasayib yassi tekislikdan iborat boʻlib, boʻr va paleogen davrlarida paydo boʻlgan allyuvial dengiz yotqiziqlarilan tuzilgan. Sayoz chuqurliklar, quruq uzanlar, kichik tepalar ham uchrab turadi. Iqlimi keskin kontinental. Shim. sharqdan Sibir sovuq havo massalari yetib keladi. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi — 20°, —30°. Yozda eng yuqori t-ra 42°—45°. Yillik yogʻin 100 — 200 mm. Vegetatsiya davri 200—220 kun. Tumanning eng katta koʻllari — Oqchakoʻl, Dumanqalʼa. Tumandagi Amirobod, Qirqqiz, Ellikqalʼa, Qozoqcha kanallari Toʻrtkoʻl hududidan oʻtgan Bogʻyop kanalidan suv oladi. Amudaryoda qurilgan nasos st-yasi Amirobod va Qalʼacha ariqlariga suv yetkazib beradi. Ellikqalʼa tumani va qoʻshni tumanlardagi zax suvlari Qizilqum kollektoridagi Ayozqalʼa nasos st-yasi yordamida Qizilqum yaylovlariga chiqarib tashlanadi. Tuproqlari shoʻrxok, qumloq, boʻz tuproq. Yovvoyi oʻsimliklardan quyonsuyak, selin, yulgʻun, yantoq, qirqboʻgʻin, shoʻra, qamish oʻsadi. Saksovul ham bor. Yovvoyi hayvonlardan boʻri, boʻrsiq, chiyaboʻri, tulki, quyon, qobon; sudralib yuruvchilardan kaltakesak, ilon uchraydi. Koʻllar chetidagi qamishzorlarda qirgʻovul, oʻrdak, gʻozlarning bir necha xili bor.

Aholisi, asosan, oʻzbek va qoraqalpoqlar, shuningdek, qozoq, turkman, tatar va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2 ga 20 kishi. Qishloq aholisi 105,4 ming kishi, shahar aholisi 13,7 ming kishi (2004).

Xoʻjaligi. Paxtachiliktuman q. x. dagi yetakchi tarmoq. Chorvachilik, ipakchilik, bogʻdorchilik, polizchilik ham rivojlangan. Ellikqalʼa tumanida shirkat, dehqon, fermer xoʻjaliklari faoliyat koʻrsatadi. Sugʻoriladigan yerlarga paxta, don, kartoshka, poliz, sabzavot, ozuqa ekinlari ekiladi. Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 44,9 ming qoramol, 67,2 ming qoʻy va echki, 2 mingga yaqin yilqi, shuninglek, tuya bor. Tumanda 1,1 ming kichik ia urta biznes subyekti faoliyat koʻrsatadi. Oʻzbekiston — Avstraliya — Bangladesh «YUNIVER» (jinsi matosidan kiyimkechak tikiladi), Oʻzbekiston — Lixtenshteyn «Medikal kotton interneyshnl» (tibbiyot momigʻi ishlab chiqariladi), Oʻzbekiston — Rossiya «ElRosles» qoʻshma korxonalari, araqvino z-di (Boʻston) va sutni qayta ishlash sexi mahsulot bera boshladi. «Ellikqalʼa oltin tola», «Elnur», «Elteks» aksiyadorlik jamiyatlari ham faoliyat koʻrsatadi. «Ellikqalʼa» neft bazasi, moliyabiznes markazi, supermarket, 2 minimarket, «Otalar choyxonasi», gʻisht zdlari va boshqalar qurilish tashkilotlari, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor.

Tumanda 66 umumiy taʼlim maktabi (30 mingdan ziyod oʻquvchi), akademik litsey (500 ga yaqin oʻquvchi), 4 kasb-hunar kolleji (2500 dan ortiq talaba), 7 isteʼdodli bolalar maktabi (1 mingga yaqin oʻquvchi) ishlab turibdi (2004). Markaziy kutubxona va uning 31 ta tarmogʻi, alXorazmiy, Yoshlar xiyobonlari, madaniyat va istirohat bogʻi, 12 klub muassasasi, sanʼat saroyi, «Ayozqalʼa — Tur» sayyohlik firmasi bor. Ellikqalʼa tumanida har yili Otajon Xudoyshukurov xotirasiga bagʻishlangan yosh qoʻshiqchilar respublika koʻriktanlovi oʻtkaziladi. Markaziy stadion (20 ming oʻrin), 3 tennis korti, 19 futbol maydonchasi, 28 sport zali, 35 kichik futbol, 68 voleybol, 43 basketbol, 22 qoʻl toʻpi maydonchalari, sogʻlomlashtirish sport markazi, 3 bolalar sport majmuasi mavjud. Tuman markaziy kasalxonasi, tugʻruqxona, qishloq vrachlik punktlari, poliklinika, «Javhar» xususiy tibbiy markazi va boshqalar tibbiy muassasalar ishlab turibdi. «Gulshan» bolalar oromgohi, 3 sovyumlashtirish sanatoriysi, «Orol bolalari» xalqaro oʻquv sogʻlomlashtirish markazi faoliyat koʻrsatadi. «Ustozga ehtirom» meʼmorlikhaykaltaroshlik majmuasi bor. Tuman hududidan Uchquduq — Nukus t. y. oʻtadi (Ellikqalʼa st-yasi). Boʻston — Beruniy, Ellikqalʼa — Saribiy, Ellikqalʼa — Qirqqiz, Ellikqalʼa — BuxanMerey yoʻnalishlari boʻyicha asfalt yoʻllar yetkizilgan. Ellikqalʼa tumani hududida qadimiy Tuproqqalʼa, Qavatqalʼa, Ellikqalʼa, Qirqqizqalʼa, Qoʻrgʻoshinqalʼa, Guldursun qalʼasi va boshqalar bor. 1978-yil 1 apr. dan «Davr koʻzgusi» tuman gaz. nashr etiladi.


Lotin alifbosida maqola: ELLIKQALʼA TUMANI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: E harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
YAPONIYA
YER
XITOY
XORAZM VILOYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты