DUMLI AMFIBIYALAR

DUMLI AMFIBIYALAR (Caudata Urodela) — amfibiyalar sinfining bir turkumi. Dumli amfibiyalar Shim. yarim sharning oʻrta mintaqasida, bir nechta turi Jan. Amerikada tarqalgan. Hammasi boʻlib 150 ga yaqin turi bor. Ularning tashqi koʻrinishi kaltakesakka oʻxshaydi. Dumi uzun, oyoklari kalta, baʼzan rudiment xrlda (amfiumada), baʼzilari (siren)da oyoq boʻlmaydi. Oyoqlari suzishda ishtirok etmaydi. Tanasi va dumi yordamida suzadi. Boʻyi 100 sm cha. Siren, protey kabi turlarida jabra va yon chizigʻi umrbod saqlanib qoladi. Terisi silliq, mayda shilimshiq bezli boʻladi. Dumli amfibiyalar koʻpincha suvda yashaydi; baʼzilari faqat koʻpayish uchun suvga tushadi. Baʼzi turlarida neoteniya sodir boʻladi. Bir qancha turlarida ichki urugʻlanish yuz beradi. Bunda erkagining spermatofori urgʻochisining kloakasidagi urugʻlik xaltasiga tushadi. 2 tadan bir necha yuztagacha tuxum qoʻyadi. Baʼzilari tirik tugadi yoki tuxumdan bola ochadi. Mayda umurtqasiz hayvonlar b-n oziqlanadi. Suvda va nam yerlarda hayot kechiradi. Asosan, Shim. yarim sharning oʻrta mintaqasida tarqalgan. Oʻzbekiston hududida Dumli amfibiyalar uchramaydi. Akvariumda tritonlar boqiladi.


Lotin alifbosida maqola: DUMLI AMFIBIYALAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOSHKENT
OKEAN
XITOY
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты