ENTOMOFAGLAR

ENTOMOFAGLAR (yun. — hasharot, — yeb qoʻyuvchi) — hasharotlar bilan oziqlanuvchi parazit va yirtqich mikro yoki makroorganizmlar. Entomofaglarning eng muhim guruhlari: hasharotlar; mikroorganizmlar (bakteriyalar, zamburugʻlar va viruslar); eng sodda hayvonlarga mansub bir hujayrali organizmlar (1200 ga yaqin tur). Bulardan tashqari E. ga zararkunanda hasharotlar bilan oziqlanadigan suvda ham quruqda yashovchilar, sudralib yuruvchilar va qushlar kiradi. Entomofaglarning juda kam turlari zararkunanda hasharotlar epizootiyasini qoʻzgʻatishi, nasl berishni kamaytirishi yoki ularning kasallik qoʻzgʻatuvchilarga, insektitsidlar taʼsiriga nisbatan sezgirligini oshirishi mumkin. Shunday Entomofaglarga sporoviklar va knidosporidiylar, shuningdek, kamdankam xivchinlilar hamda gaplosporidiylar sinfining vakillari kiradi. Chala oʻzgarish bilan rivojlanuvchi (ninachilar, beshiktervatlar, bahorgi kapalaklar, toʻgʻriqanotlilar, quloqqazgichlar, qandalalar, tripslar) va toʻliq oʻzgarish bilan rivojlanadigan (qoʻngʻizlar, toʻrqanotlilar, tuyaboʻyinlar, buloqchilar, tangaqanotlilar, pardaqanotlilar va ikki qanotlilar) hasharotlar yirtqichlik bilan hayot kechiradi. Entomofagkanalarning koʻpchiligi fitoseyidlar oilasining vakillaridir, baʼzilarigina bdellid, stigimeid, xeyletid, gemisarkoptid va boshqalar oilaga mansub. Hasharotlar paraziti 5 turkum: qoʻngizlar, tengqanotlilar, tangaqanotlilar, pardaqanotlilar va ikki qanotlilar vakillari orasida uchraydi. Oʻsimliklarni biologik himoya usulida pardaqanotlilar va ikki qanotlilar turkumiga mansub turlar katta ahamiyatga ega (q. Parazitizm).

Xoʻjayinga ixtisoslashiga koʻra, Entomofaglar 3 biologik guruhga: monofaglar (bir yoki ikki tur xoʻjayinni zararlaydi), oligofaglar (bir oiladagi bir necha uruqqa mansub turlar hisobiga yashaydi) va polifaglarga (har xil turkumga mansub koʻpgina turlarni zararlaydi) boʻlinadi. Organizmlararo munosabatning yana bir shakli — antibioz yoki organizmlararo antagonistik oʻzaro munosabat (mikroorganizmlar yoki yuksak oʻsimliklarning boshqa organizmlar rivojlanishiga toʻsqinlik qiluvchi yoki uni nobud qiladigan moddalar ajratishi) farqlanadi. Dehqonchilik biotsenozida Entomofaglardan xonqizi qoʻngʻizlari, oltinkoʻzlar, taxin pashshalar, sirfidlar, sassiqqoʻngʻizlar va boshqalar katta ahamiyatga ega. Oʻsimliklarni biologik himoya usulida Entomofaglardan trixogramma va gabrobrakondan foydalaniladi (yana q. Foydali hasharotlar).


Lotin alifbosida maqola: ENTOMOFAGLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: E harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
VIRUSLAR
BAKTERIYALAR
SUVDA VA QURUQLIQDA YASHOVCHILAR
INSEKTITSIDLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты