DUOXONLIK

DUOXONLIK — duo oʻqish, dam solish bilan shugʻullanish. Islom anʼanalari boʻyicha Qurʼoni karim va xadisi shariflarda koʻrsatilgan muayyan duolar oʻqib turiladi. Ayni vaqtda man-tiqsiz, poyma-poy soʻzlarni oʻzicha oʻqib dam solish hollari ham uchraydi. Islom dini nuqtayi nazaridan bulardan birinchisi ruxsat etilgan boʻlib, uni toʻgʻri oʻqib, koʻrsatilgan tartibda ijro etish mumkin; ikkinchisi esa mutlaqo man etiladi va u bilan shugʻullanish firibgarlik, aldamchilik va gunoh hisoblanadi. Umuman Duoxonlik kasbi bilan kifoyalanib, jismoniy yoki akliy mehnat bilan shugʻullanmaslik sharʼan salbiy xususiyatlardan biridir (yana q. Azayimxonlik).


Lotin alifbosida maqola: DUOXONLIK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ISLOM
QURʼON
ALISHER NAVOIY
XALQ IJODI
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты