EPIDERMIS

EPIDERMIS (epi… va derma) hayvonlarda teri epiteliysining ektodermadan hosil boʻladigan sirtqi qavati. Umurtqasizlarda bir qavat Epidermis, yaʼni gipoderma chigʻanoq yoki kutikulani hosil qiladi. Umurtqalilarda Epidermis bazal membrana ustida joylashgan bir necha qavat epiteliydan iborat. Bazal hujayralar ustida 5—10 qavat pixli hujayralar joylashgan. Epidermisning quyi qavati bazal membrana hujayralari bilan birga oʻsadigan qavatni hosil qiladi. Boʻlinib koʻpayadigan oʻsuvchi hujayralar hisobiga Epidermisning doimo oʻlib turadigan sirtqi: donador (3—4 qavat boʻlib joylashgan hujayralar), yaltiroq (3—4 qavat boʻlib joylashgan hujayralar) va koʻp qavatli muguz qavat hujayralarga almashinib turadi. Bazal membrana yaqinida joylashgan Epidermis qavati hujayralari silindrsimon yoki kubsimon boʻladi. Sirtqi qavatga yaqinlashgan sari hujayralar yassilashadi va qalinlashib uvalanadi. Odamda Epidermis hujayralari 20 sutkada toʻliq almashinadi. Teri funksiyasi, asosan, Epidermis hujayralarining tuzilishi va xossalari bilan bogʻliq.

Oʻsimliklarda Epidermis (epiderma, poʻst) — yosh barglar, novdalar, meva, urugʻ va gullarda oʻsish konusi protodermasidan hosil boʻladigan birlamchi qoplovchi toʻqima. E. hujayralari bir qavat boʻlib joylashgan; sirtdan kutikula, yupqa mum qavati va tirik yoki oʻlik tukchalar bilan qoplangan. Epidermis hujayralari tashqi qobigʻidagi teshikchalar orkali suv va oziq moddalar oʻtadi. Epidermisda kuchli ixtisoslashgan tuzilmalar — ogʻizchalarni yopuvchi hujayralar, har xil funksiyani bajaruvchi trixomalar (tukchalar hosil qiluvchi hujayralar), gidadotlar (oʻsimlikdan tomchi suyuqlik va tuzlarni chiqaruvchi hujayralar) va boshqalar shakllanadi. Epidermis baryer (toʻsiq) funksiyasini bajaradi; ichki toʻqimalarni shikastlanish va qurib qolishdan saqlaydi; gaz almashinuvi, suv bugʻlanishi, shimish va sekret (jumladan, fermentlar va gormonlar) ishlab chiqarish vazifasini bajaradi.


Lotin alifbosida maqola: EPIDERMIS haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: E harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TERI
YER
OKEAN
EPITELIY
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты