EPIDIASKOP

EPIDIASKOP (epi… va diaskop) — ekranda noshaffof obyektlar (detallar, chizmalar, rasmlar, fotosuratlar) ning tasvirini hosil qilish, obyektlarning shaffof tasvirlari (diapozitivlar)ni ekranga proyeksiyalash (tushirish) uchun moʻljallangan proyeksion apparat. Optik sxemasining asosini diaskopik proyeksiyalash va episkopik proyeksiyalash usullari tashkil qiladi. D iaskop ik proyeksiyalashda obyektning shaffof tasviri yoʻnaltirilgan oʻtuvchi yorugʻlik oqimi dastasi bilan yoritiladi (q. Diaskop). Episkopik proyeksiyalashda (rasm) yorugʻlikdan himoyalangan quti (kojux) / da manba 2 dan keladigan nurlar sferik koʻzgular 3 va 5 yordamida shaffofmas obyektni yoritadi, diffuzion tarzda tarqalgan (q. Diffuziya) nurlarning bir qismi koʻzgudan qaytib, proyeksiyalash obyektivi 7 ga tushadi. Obyektiv tasvirni ekranga proyeksiyalaydi. Episkopik proyeksiyalashda diaskopik proyeksiyalashdagiga nisbatan quvvatliroq yorugʻlik manbaidan foydalaniladi. Epidiaskop fotografiya, kinematografiya va ilmiy tekshirish ishlarida qoʻllanadi.


Lotin alifbosida maqola: EPIDIASKOP haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: E harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



PROYEKSION APPARAT
KOʻZGU
YER
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
OBYEKTIV


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты