DURAGAYLASH — irsiy belgi va xususiyatlari bilan farklanuvchi oʻsimliklar va hayvonlarni oʻzaro chatishtirish. Natijada ota-ona organizmlarining belgi va xususiyatlariga ega boʻlgan duragay organizm paydo boʻladi. Duragaylashda chatishtirish uchun olingan ota va ona organizmlar R harfi bilan (R, — ona; R2 — ota), ona shakli 9 (koʻzgu) otalik — cf (qalqon va nayza), chatishtirish esa x belgilari b-n; duragay avlodlari (boʻgʻinlari) lot. F harfi ostiga qoʻyilgan tartib raqamlari b-n ifodalanadi (mas; F, — birinchi, F2 — ikkinchi va h. k. avlodlar). Duragaylash jinsiy hujayralar ishtirokida hamda vegetativ tana organlari ishtirokida oʻtkaziladi. Jinsiy hujayralar ishtirokidagi Duragaylashda asosan irsiy belgilarni belgilovchi genlar, xromosomalar katnashadi. Bunda onalik va otalik shakllari gen va xromosomalarining oʻzaro favqulodda qoʻshilishi evaziga koʻplab rekombinantlar — yangi belgi va xususiyatlarga ega oʻsimliklar F2 va kelgusi avlodda ajralib chiqadi hamda bu seleksiya ishini olib borish uchun katta manba hisoblanadi.
Jinsiy hujayralar ishtirokida Duragaylash tabiiy va sunʼiy boʻlishi mumkin. Tabiiy Duragaylash tabiatda juda keng tarqalgan hodisa boʻlib, faqat tur-xillar, turlar oʻrtasidagina roʻy berib qolmay, har xil turlar, hatto turkumlar oʻrtasida ham yuz berishi mumkin. Paydo boʻlgan tabiiy duragaylar evolyutsiya yoki seleksiya jarayonida tanlash uchun material boʻlib xizmat qiladi. Sunʼiy Duragaylash tezpishar, serhosil, kasallik va hasharotlarga chidamli yangi navlarni, chorvachilikda esa sermahsul, tabiiy iqlim zonalariga moslashgan hayvon zotlarini yaratishda qoʻllaniladi. Duragay populyatsiyalari ichidan tanlash kerakli belgilar mujassamlangan yangi navlar va zotlar yaratish imkoniyatini beradi. Duragaylash genetika va seleksiya fanlari asosida kelib chiqqan boʻlib, genetikada irsiy belgi va xususiyatlarning avloddan-avlodga oʻtish qonunlarini, belgilarning oʻzaro uzviy bogʻlanishi — korrelyatsiya koʻrsatkichlarini oʻrganish va b. maqsadlarda; kasalliklarga va hasharotlarga chidamli, serhosil, hosilning sifati yuqori boʻlgan q. x. ekinlarining yangi navlarini, chorvachilikda sermahsul hayvon zotlarini yaratishda qoʻllaniladi.
Duragaylashning bir qancha uslublari va shakllari mavjud. Duragaylash tur ichida Duragaylash (bir turga mansub, lekin genetik jihatdan farqlanuvchi individlarni chatishtirish), turlararo Duragaylash (har xil turga mansub individlarni chatishtirish) va turkumlararo Duragaylash (turli turkumga mansub individlarni chatishtirish), navlararo Duragaylash (genetik farklanuvchi ikkita navga mansub individlarni chatishtirish) va b. ga boʻlinadi. Turlararo va turkumlararo Duragaylash geografik uzok shakllarni duragaylash yoki genetik uzok, Duragaylash, tur ichida va navlararo, nav ichida chatishtirish tur ichida Duragaylash deyiladi. Geografik uzok, Duragaylashning genetik hamda seleksiyada amaliy va nazariy ahami-yati katta, chunki unda tur ichida duragaylashda hosil qilib boʻlmaydigan» belgi va xususiyatlarga ega shakllar paydo boʻladi. Genetik uzok, Duragaylash imkoni-yatlari bir qator omillar: turlarning xromosomalari soni yoki ularning genetik konstitutsiyasi bilan farklanishi; turlarning geografik ajralib qolishi; koʻpayish sikllarining mos kelmasligi; jinsiy koʻpayish organlari tuzilishidagi farklar; chang naychalari va urugʻchi toʻqimalarining nomuta-nosibligi singari chetdan changlanishga toʻsqinlik qiluvchi omillar; qoʻshiluvchi gametalarning genetik nomutanosibligi, yadro va sitoplazmaning fiziologik nomutanosibligi; zigotaning yashash sharoitiga moslasha olmaganligi tufayli rivojlanishning boshlan-gʻich davrida nobud boʻlishi va b. bilan cheklangan. Mas. goʻzada xromosomalari har xil turlarning uzoq Duragaylashda chatishmasligini bartaraf etish uchun payvand qilish yoʻli b-n oldindan vegetativ yaqinlashtirish usuli, ota-ona oʻsimlik turlarining changi aralashmasi bilan changlash, F, dan vositachi sifatida foydalanish, changlashni onalik gullari ustuncha va tumshuqchalarining turli xil rivojlanish bosqichlarida oʻtkazish, onalik shakllari gulining tumshuqchasini oʻsishni tezlashtiruvchi moddalar bilan ishlash, kolxitsin taʼsir ettirib diploid otaona turlarining xromosomalari sonini ikki baravar oshirish kabi usullardan foydalaniladi.
Duragaylashning bir qancha usullari bor. Oddiy Duragaylashda — ota va ona sifatida olingan (ikki xil irsiy xususiyatga ega boʻlgan) bir turga mansub ikki oʻsimlik birbiri bilan chatishtiriladi (Ax B). Oddiy chatishtirish ikki nav, ikki tur, ikki avlod oʻrtasida olib borilishi mumkin. Murakkab Duragaylashda xar xil shakllarni — bir turga mansub bir necha navni oʻzaro chatishtirishdan olingan duragaylar yana bir-biri bilan chatishtiriladi [(AxB) x (BxG)]. Takroriy chatishtirish da oddiy chatishtirishdan olingan duragay yana oʻsha ona (A) yoki ota (B) forma bilan chatishtiriladi [(Ax B) x A yoki (Ax B) xB]. Pogonali chatishtirishda oddiy duragay (AxB) har yili boshqa-boshqa formalar bilan chatishtiriladi [(AxB) x V]. Re si p rok chatishtirishda birinchi galda ona sifatida olingan oʻsimlik ikkinchi galda ota, ota esa ona sifatida olinadi (AxB va BxA). Bek kross D. — birinchi yoki uchinchi boʻgʻin duragaylarini otaona shakllarining biri bilan bir yoki koʻp marta kayta chatishtirishdir. Bulardan tashqari, yaqin qarindoshlik chatishtirish (insuxt — oʻsimliklarda, inbriding — hayvonlarda) usuli ham mavjud. Bunda chetdan changlanuvchi oʻsimlik 5—6 yil oʻzidan chatishtirilsa, insuxt liniya hosil boʻladi. Bunday ikki xil liniyalar oʻzaro chatishtirilsa, liniyalararo duragay, ikki xil liniyalararo duragay oʻzaro chatishtirilsa, qoʻsh liniyalararo duragay hosil boʻladi. Oddiy va murakkab Duragaylash chorvachilikda yangi zot yetishtirish va ayrim irsiy belgilarni yaxshilash maqsadida, oʻsimlikshu-noslikda esa yangi nav yetishtirish bilan birga oʻsimlikning geterozis formalarini yaratish, ekinlar xreildorli-gini oshirishda qoʻllanadi.
Vegetativ Duragaylashning (tana qismlari) kurtak payvand (kurtaklar koʻchatlar poʻstlogʻiga oʻtqaziladi) va iskana payvand koʻrinishlari bor (q. Payvand). Vegetativ Duragaylash asosan meva-bogʻdorchilikda qoʻllaniladi.
Duragaylash mikroorganizmlarda ham oʻtkaziladi. Bunga genetik injeneriya va biotexnologiya uslublarida bir hujayrali organizmdan DNK tarkibi ajratib olinadi va uning oʻrniga inson yoki boshqa DNK moddasi kiritiladi va shu DNK topshirigiga binoan yangi duragay organizm ishlay boshlaydi. Shu usulda oʻstirish gormoni, insulin kabi oʻta kerakli moddalar ishlab chiqariladi.
Yoʻldosh Uzoqov.