ERA

ERA (lot. — ayrim son, boshlangʻich raqam) , davr — 1) biror yil hisobining boshi va shunday yil hisobi tizimi. Boʻlib oʻtgan biror voqea yoki afsonaviy voqea-hodisa bilan bogʻliq holda tasavvur qilingan. Mas, xristianlarning milodiy yil hisobi (q. Milod) Iso (Iisus Xristos)ning tugʻilgan kunidan, musulmonlarning hijriy yil hisobi Muhammad (sav)ning Makkadan Madinaga hijrat qilgan yili, yaʼni mil. 622-yildan boshlangan (q. Kalendar); 2) ilgarigi davrlardan tubdan farq qiladigan davr, mas, kosmik Era ;

3) geologiyada — geoxronologik shkalaning eng yirik boʻlinmasi; Yerning geologik rivojlanishi va unda hayot paydo boʻlishi tarixining eng katta davrini tashkil etadi. Era eratemanit geoxronologik ekvivalenti, eoyaga boʻysunadi va geologik davrlarga boʻlinadi. «Era» termini 2Xalqaro geologik kongress (1881) tomonidan kiritilgan. Fanerozoy mobaynida Eraning davomiyligi qadimiy davrdan yosh davrlarga qarab kamayib boradi (paleozoy 322 mln. yil, mezozoy 183 mln. yil chamasi, kaynozoy — 67 mln. yildan ortiq).


Lotin alifbosida maqola: ERA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: E harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KALENDAR
YER
YAPONIYA
XITOY
YUNONISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты