DURBIN

DURBIN (fors. — uzoqni koʻruvchi) , binokl — uzoqdagi narsalarni koʻrish va kuzatish uchun xizmat qiladigan optik asbob. Har qanday Durbin bir-biriga yonma-yon oʻrnatilgan ikki trubaga maʼlum tartibda joylashgan obyektiv linza va okulyardan iborat. Durbinning uzoqqa qaratiladigan katta «koʻzlari» obyektiv, kuzatuvchi qaraydigan kichik «koʻzlari» okulyar deyiladi. Amalda ikki xil Durbindan foydalaniladi:

1) Galiley Durbini 2,5—4-marta kattalashtirib koʻrsatadi. Bu D. dayorugʻlikni yoyuvchi linza okulyar vazifasini oʻtaydi. Galiley Durbini oddiy, ixcham, yorugʻlikni yaxshi oʻtkazadigan, ammo koʻrish maydoni tor boʻlganligi uchun koʻpincha teatr tomoshalarini koʻrishda ishlatiladi;

2) prizmali Durbin — foydalanish uchun qulay. Koʻrish maydonining burchagi katta, stereoskopga xos xususiyatlari yaxshilangan Durbin yordamida masofalarni oʻlchash ham mumkin. Amalda qoʻllanilayotgan Durbin narsalarni 2—22-marta kattalashtirib koʻrsatadi.


Lotin alifbosida maqola: DURBIN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
OKULYAR
Yulduz Usmonova - Yonma-yon
TOSHKENT
UZOQNI OʻLCHAGICH


Комментарии 1

Möminova
Yana boshqa malumotlar yoqmi durbi haqida
20 декабря 2022 13:12

Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты