HAVO

HAVO — gazlar, asosan, Yer atmosferasini tashkil etuvchi azot va kislorodningtabiiy aralashmasi. Havo va suv taʼsirida Yer sirtida muhim geologik jarayonlar sodir boʻladi, ob-havo va iqlim shakllanadi. Havo deyarli barcha tirik organizmlarning yashashi uchun zarur kislorod manbaidir (q. Aeroblar, Nafas). Yoqilgʻining Havoda yonishidan odamlar oʻz turmush va i. ch. ehtiyojlari uchun zarur issiqlik olishda qadimdan foydalanib kelishadi. Utmishda olimlar Havoni mavjudlikning asosini tashkil etuvchi elementlardan biri deb hisoblashgan. Havoni mustaqil modda degan tushuncha 18a. oxirigacha davom etib keldi. 1775—77 y. fransuz kimyogari A. La-vuazye Havo tarkibida azot va kislo-rod, 1894-y. ingliz olimi U. Ramzay va J. Reley argon borligini isbotladi. Shundan keyin Havo tarkibida boshqa inert gazlar ham mavjudligi aniqdandi.

Havo — muhim kimyoviy xom ashyo manbalaridan biridir. Sof quruq Havoning mol. m. 28.966, 0° da dengiz sathidagi bosimi 1013,25 GPa; kritik t-rasi — 140,7°, kritik bosimi 3,7 Mpa, oʻzgarmas bosimdagi solishtirma issiqlik sigʻimi Sr 10,045-Yu3 j/(kg-K) (0-100° oralikda), oʻzgarmas hajmda esa S-8,3710-103 j/ (kgK) (0-1500° oraliqsa); yoruqchik nurini sindirish koʻrsatkichi 1,00029, dielektrik singdiruvchanligi 1,000059 (0°da). Suvda eruvchanligi 0°da 0,036%, 25° da 0,22%. Atmosferaning Yerga yaqin qismi — troposferada massa jihatdan 80% ga yaqin Havo toʻplangan. Yer yuzidagi sof quruq havoning asosiy komponentlari jadvalda koʻrsatilgan.

Havoda juda oz miqdorda suv N20 (massa jihatdan 0,02—4%), sulfid angidrid §02, metan SN4, ammiak MN,, uglerod (P)-oksid SO, uglevodorodlar, xlorid kislota NS1. ftorid kislota NGʻ, simob bugʻlari, N§, yod I, radon Yap, ksenon Xe, shuningdek, azot (P)-oksid va koʻpgina boshqa gazlar boʻladi. Tro-posferada doimo maʼlum miqdorda toʻzon va baʼzi tasodifiy qoʻshimchalar uchraydi. Havo dagi azot, kislorod va inert gazlar miqdori amalda oʻzgarmasdir. Tirik organizmlar nafas olganda, yoqilgʻi yonganda, metallar eritilganda va b. da sarflanadigan kislorod miqdori yashil oʻsimliklar fotosintezi tufayli tiklanib turadi.

Vulkanlarning otilishi va radioaktiv elementlarning parchalanishi — inert gazlar (argon, geliy va radon) manbaidir. Gazlarning eng yengili — geliy Ne koinotga uzluksiz ravishda tarqalib turadi. Vodorod ham geliy kabi fazoga tarqaladi. Turli jarayonlar natijasida uning Havo dagi miqdori saqlanib turadi. Havo dagi karbonat angidrid, suv bugʻi va toʻzon mikdori turli sharoitga qarab oʻzgarishi mumkin. Katta mikdordagi SO, fotosin-tez jarayonlariga sarf boʻladi va oke-an suvlariga yutiladi. Tabiatda kar-bonat angidrid yogʻoch va koʻmirning yonishi, tirik organizmlarning nafas chiqarishi, chirish va h. k. natijasida hosil boʻladi. U karbonatli togʻ jinslarining parchalanishi, vul-kan otilishidan ham yuzaga keladi.

Soʻnggi 100-y. da atmosfera H. si tarkibida SO, miqdori 10% ga ortdi. Uning asosiy qismi (360 mlrd. t) yoqilgʻi yoqish natijasida paydo boʻldi. Agar yoqilgʻi yoqish surʼatlari shu zaylda davom etsa, yaqin 50 — 60 y. da atmosferadagi S02 miqdori 2 baravar ortadi va ob-havoning keskin oʻzgarishiga sabab boʻlib, salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Yoqilgʻi yoqish — H. ni ifloslantiruvchi gazlar (SO, N0, §02) ning asosiy manbaidir. Sulfid angid-rid Havo kislorodi taʼsirida sulfat angidrid (§03) gacha oksidlanadi. §03 suv bugʻlari va ammiak bilan reaksiyaga kirishib, sulfat kislota N,§04 va ammoniy sulfat (1MN4)2§04 hosil qiladi. Bu birikmalar atmosfera yogʻinlari bilan birga Yer yuzasiga tushadi. Ichki yonuv dvigatelilan foydalanish Havoni azot oksidlari, uglevo-dorodlar va qoʻrgʻoshin birikmalari bilan nihoyatda koʻp ifloslantiradi. Sanoat korxonalari, issiqlik elektr st-yalari, avtotransport, oʻrmondagi yongʻinlar, boʻron va toʻzonlar Havoda qattiq zarralar (chang, tutun) miqdorini shu darajada koʻpaytiradiki, natijada katta shaharlardagi Yer sir-tiga tushadigan quyosh radiatsiyasi ancha (20—40%) kamayib ketadi. Qattiqzar-ralarning koʻp mikdorda atmosferaga koʻtarilishi planetada iqlim oʻzgari-shiga olib keladi.

Havoning ifloslanishi odam, hayvon va oʻsimliklarning yashash sharoitini yomonlashtiradi, alohida kasalliklarning koʻpayishi va baʼ-zan oʻlimga sabab boʻladigan darajaga yetishi mumkin. Havoning radioak-tiv ifloslanishi ayniqsa xavfli (q. Radioaktiv chiqindilar). Havoni ifloslanishdan saqlash maqsadida sanoat gazlari atmosferagʻa chiqarishdan avval tozalanadi (q. Gazlarni tozalash).

Odamning normal hayot faoliyati uchun Havoning tarkibi, kislorod parsial bosimi katta ahamiyatga ega. Havo dagi kislorodning dengiz sathidan yuqori parsial bosimi 213,32 GPa ni tashkil etadi; agar u 186.65 GPa gacha pasaysa, kishida kislorod yetishmasligi sezi-l&di, nafas olishi chuqurlashadi, qon aylanishi tezlashadi. eritrotsit miq-dori koʻpayadi va h. k. Parsial bosim 146,65 GPa gacha tushganda gipoksiya alomatlari yuz beradi. 66,66—89,93 GPa da hayot xavf ostida qoladi.

Suyuq havo zichligi 960 kg/mʻ ( — 192° t-ra va normal bosimda) boʻlgan zangori rangli suyuqchik. Uning tarkibi turgʻun emas, chunki kislorodning bugʻlanish t-rasi (—183°) azotning bugʻlanish t-rasi (—196°) dan yuqori boʻlganidan, suyuq Havoda kis-lorod atmosfera Havo siga qaraganda birmuncha koʻp. Suyuq Havo tarkibida taxm. 54% kislorod, 44% azot va 2% inert gazlar boʻladi. Suyuq Havo saqlanganda azot bugʻlanadi va natijada kislorodning nisbiy miqdori yanada koʻpayib qoladi. Suyuq Havoning fraksiyali bugʻlanishidan sof azot, kis-lorod, argon va b. inert gazlar olishda foydalaniladi. Suyuq Havo poʻlat ballonlarda 150 atm bosimda saqlanadi, ballon qora rangga boʻyalib, ustiga «Siqilgan havo» deb yozib qoʻyiladi.

Sunʼiy Havo (aniqrogʻi nafas olishga yaroqli gazlar aralashmasi — sunʼiy atmosfera) dastlab tibbiyotda kislorod tanqisligi kasalligi bilan ogʻrigan bemorlarni davolashda ishlatilgan (40—60% kislo-rodning oddiy Havo bilan aralashmasi yoki 95% kislord bilan 5% SO, aralashmasi). Bunday sunʼiy gaz aralashmasidan aviatsiyada, konchilikqutqaruv ishlarida va b. da foydalaniladi. Sunʼiy Havo gʻavvoslik ishlarida ham muhim ahamiyatga ega. Havo turli jarayonlarda, chunonchi yoqilgʻini yondirishda, rudalardan metallarni eri-tib olishda (domna va marten pechlarida), koʻpgina kimyoviy birikmalarni olishda kimyoviy agent sifatida ishlatiladi. Havo kislorod, azot, inert gazlar olishda muhim sanoat xom ashyosidir. Havoning fizik xos-salaridan issiqdik va tovush oʻtkazmaydigan materiallar, elektr izolyatsiya qurilmalarida, elastiklik xossasidan pnevmatik shinalarda foydalaniladi. Siqilgan Havo mexanik ishlarni bajarishda (pnevmatik mashinalar, purkash va toʻzitish qurilmalari, perforatorlar va h. k.) qoʻllanadi.

Ad.: Iven M., Fillips L., Ximiya atmosferm, M., 1978; Uork K., Uorner S, Zagryazneniye vozduxa. Istochniki i kontrol, per. s angl., M., 1980.

Rustam Maʼrupov.


Lotin alifbosida maqola: HAVO haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: H harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
OKEAN
FRANSIYA
KISLOROD
FIZIKA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты