HAVONI KONDITSIRLASH

HAVONI KONDITSIRLASH, havoni moʻtadillash — maxsus qurilmalar va vositalar yordamida xonalarda optimal t-ra. namlik va sof havoni taʼminlash. Insonning sogʻ-ligʻi va kayfiyati, sanʼat asarlari va ashyolari yaxshi saqlanishini taʼminlash, texnologik jarayonlar, jihoz va asboblarning ishini boshqarishda eng qulay sharoit yaratib berish uchun qoʻllanadi. Havoni konditsirlashda avtomatik boshqa-riladigan tizimlar mavjud. Har bir tizim quyidagilardan tashkil topa-di: datchik (uzatkich) buyuruvchi asbob, ijrochi mexanizm, aloqa vositasi. Datchik atrof muhitdagi oʻzgarishlarni qayd etadi va bu haqda buyuruvchi asbobga axborot uzatadi. Buyuruvchi asbob, oʻz navbatida, ijrochi mexanizmga impuls beradi. Ijrochi mexanizm berilgan impulsga muvofiq tegishli manbalar (suv, havo va b.) ni harakatga keltiradi.

Havoni konditsirlash tizimlari baʼzan oqimli ventilyatsiya vazifasini ham bajaradi: issiq davrlarda havoni sovitadi va quritadi, sovuq davrlarda esa isitadi va namlaydi. Havoni konditsirlash, koʻpincha jamoat va maʼmuriy binolarda, poyezl, samolyot, avtomobil hamda kemalarda qulay sharoit yaratish: sanoat binolarida qulay ish sharoiti tashkil etish va mehnat unumdorligini oshirish; uy-joylarda, kran, traktor, kombayn, ekskavator – va b. mashinalar kabinalarida mehnat sharoitini yengillashtirish; kutubxona, arxiv, muzey rasm galereyalarida — kitoblar, hujjatlar va sanʼat durdonalarini avaylab-asrash kabi maqsadlarda qoʻllanadi.

Havoni konditsirlash dastlab 19-a. oxirida toʻqimachilik sanoatida texnologik maqsadlar uchun ishlatila boshlangan. 1897-y. da AQSHda Havoni konditsirlashga patent olingan; 1906-y. da havo namligini rostlash usuli taklif etilgan. 1922-y. da birinchi marta kinoteatrlarda ishla-tilgan. Havoni konditsirlash tizimlari uchun konditsi-oner va unga tegishli jihozlar 20-a. oʻrtalaridan z-dlarda ishlab chiqarila boshlagan.

Havoni konditsirlashning markaziy va mahalliy tizimlari bor. Markaziy tizimda bir necha binoni, mahalliysi bitta bino yoki uning bir qismini havo bilan taʼminlaydi. Markaziy tizimlar tashqaridan keltiriladigan issiqlik eltuvchi (issiq suv, bugʻ, gaz yoki elektr orqali) va haydash nasoslari, ven-tilyatorlar, kompressorlarning dvi-gatellarini harakatlashtirish uchun elektr energiyasi bilan taʼminlanadi. Mahalliy tizimlarga xususiy sovuq bilan taʼminlash manbalari qurilishi mumkin. Quruq va issiq iqlimli hududlarda suvning buglanishi hiso-biga havo sovutkichlari ishlatiladi. Ventilyatorlar hosil qiladigan havo oqimi bosimiga koʻra, past (1 kN/m-), oʻrtacha (1—3 kN/m2) va yuqori (3 kN/m2 dan yuqori) bosimli tizimlar boʻladi. Markaziy va mahalliy tizimlar bir va ikki kanalli boʻladi. Bir kanal-li, past bosimli tizimga (rasmga q.) havo tayyorlash qurilmasi — konditsi-oner, konditsiyalangan havoni haydash hamda ishlangan havoni chiqarib yuborish kanali va qurilmasi, avtomatik rostlash, uzoqdan turib nazorat qilish hamda boshqarish asboblari kiradi.

Koʻp qavatli maʼmuriy binolar va mehmonxonalarda oʻrtacha bosimli, bir kanalli tizim keng tarqalgan. Ikki kanalli tizimda bir kanaldan sovuq, ikkinchisidan issiq havo kelib, har qaysi xonaga oʻrnatilgan aralashtir-gich ularni aralashtirib beradi. T. y. vagonlari, avtobus, avtomobil, samolyotlarga bir kanalli tizim, kemalarga bir va ikki kanalli tizimlar oʻrnatiladi. Havoni konditsirlash qurilmalari binolar qurilishi va rekonstruksiyasi harajatlarini oshiradi, lekin sanoat binolarida bu harajatlar mehnat unumdorligining ortishi, mahsulot sifatining yaxshilanishi va b. hisobiga tezda qoplanadi. Koʻpgina sanoat korxonalari (mas, toʻqimachilik, tamaki, aniq asboblar, far-matsevtika va b.) da Havoni konditsirlash tizimisiz ishlash mumkin emas. Havoni konditsirlash borgan sari taraqqiy etadi. Havo parametrlarini muntazam ushlab turishni talab qiladigan i. ch. ning yangi sohalarining rivojlanib borishi; sanoat korxonalarini, i. t. va konstruktorlik tashkilotlarini toʻgʻri va toʻxtovsiz ishlashi uchun maʼlum t-ra va namlik talab qiladigan aniq asboblar, mexanizmlar va kompyuterlar bilan jihozlanishi; koʻplab odamlar uzoq vaqt turishi (oʻtirishi) mumkin boʻlgan katta jamoat binolari hajmining ortib borishi va ulardan yil davomida samarali foydalanish zaruriyati; binolarda katta yuzaga ega boʻlgan oynaband sirtlarning qoʻllanishi; baʼzi sanoat binolarida deraza va fonarlarning yoʻqligi Havoni konditsirlash tizimining yanada kengayishiga olib keladi.


Lotin alifbosida maqola: HAVONI KONDITSIRLASH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: H harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
FRANSIYA
TOSHKENT
OKEAN
ALISHER NAVOIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты