DOʻRMONTEPA — qad. shahar xarobasi (mil. av. 3-a. — 13-a. boshi). Samarqanddan 2 farsax (12—14 km) narida, Pastdargʻom tumanida. Umumiy mayd. 25 ga. Ikki qism — shahriston I (ark b-n birga) va shahriston II dan iborat. Shahriston I ning mayd. 16 ga, shahriston II niki 6 ga boʻlib, ark tarhi 115×110 m ni tashkil etadi. D. Samarqandni Buxoro bilan bogʻlagan Buyuk ipak yoʻlida joylashgan va savdo karvonlari uchun muhim qoʻnimgoh vazifasini oʻtagan. Tarixchi va arxeologlar uni oʻrta asr yozma manbalarida qayd etilgan Xoxsar (Yoqut alHamaviy asarlarida — Al-Xoxasro) deb qisoblashadi. Doʻrmontepa 13-a. boshida moʻgʻullar tomonidan vayron qilingan.