DOʻST MUHAMMAD

DOʻST MUHAMMAD ibn Sulaymon (7—1550) — xattot va musavvir. Safaviylardan Bahrom Mirzo va shoh Tahmosb saroyida xizmat qilgan. Baxrom Mirzo kutubxonasida tuzilgan muraqqaga soʻz boshi sifatida xattotlik va musavvirlikka oid risola bitgan (1544—45, Istanbuldagi Toʻpqopu muzeyida). Tadqiqotchilar risolani «Holati xunarvaron» («Sanʼatkorlar ahvoli») deb nomlagan. Unda xat-yozuvning kelib chiqishi, markaziy osiyolik, taʼliq va nastaʼliq yozuvlari ustalari, musavvirlik sanʼati va musavvirlar (jumladan Abdulxay Jahongir Buxoriy va b.) haqidagi maʼlumotlar bayon qilingan. Doʻst Muhammad koʻchirgan qoʻlyozma va xat namunalari Sankt-Peterburgdagi ommaviy kutubxonada saqlanadi.


Lotin alifbosida maqola: DOʻST MUHAMMAD haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



IBN SINO
BEHZOD
TOSHKENT
SULTONALI MASHHADIY
BUXORO VILOYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты