DOʻSTLIK

DOʻSTLIK — ijtimoiy-axloqiy va psixologik tushuncha. Oʻzaro hurmat, yoqtirish, manfaatlarning umumiyligi, yaqinlik, bir-birini tushunishga asoslangan kishilar oʻrtasidagi munosabat shaklini ifodalaydi. Kishilarning muloqot shakli sifatidagi Doʻstlik qonqardoshlik, oʻrtoklik, birodarlik tushunchalariga yaqin, lekin psixologik nuqtayi nazardan esa ulardan oʻzining alohidaligi, tanlash xususiyati, his-tuygʻu bilan farq qiladi. Axloqiypsixologik hodisa va shaxsiy xislat sifatida Doʻstlik odamning yoshi (bolalik, oʻsmirlikdagi Doʻstlik), shaxsning shakllanishi bilan (maktabdagi, talabalik yillaridagi, armiyadagi Doʻstlik) oʻzgarib boradi. Ijtimoiy-axloqiy muhit, kishilarning turmush tarzi D. ning mazmun-mohiyatini belgilaydi. Oʻzaro manfaat (Epikur, utilitarizm namoyandalari), «tabiiy yoqtirish» hissi (A. Smit), baxtga erishishga koʻmaklashish (18-a. fransuz maʼrifatparvarlari) va b. D. ning asosi sifatida qaralgan. Haqiqiy, mustahkam Doʻstlik yuksak, ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan maqsad va ideallar mushtarakligini anglash asosida shakllanadi. Doʻstlik millat va xalqlar oʻrtasidagi ijobiy aloqalarda ham oʻz ifodasini topadi. Hoz. davrda koʻp millatli Oʻzbekistonning rivojlanishi uchun xalqlar oʻrtasidagi Doʻstlik nihoyatda muhim. Xalqlar, millat va elatlar oʻrtasidagi D. Oʻzbekistonda ijtimoiy barqarorlikni taʼminlashning muhim shartlaridan biridir.


Lotin alifbosida maqola: DOʻSTLIK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FRANSIYA
YER
FOROBIY
ALISHER NAVOIY
IBN SINO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты