DOʻSTLIK KANALI

DOʻSTLIK KANALI — Oʻzbekistan va Qozogʻiston hududidagi kanal. Mirzachoʻlning shim.-sharqida. Sirdaryodagi Farhod GESining tashlama kanalidan suv oladi. Uz. 116 km. Suv oʻtkazish imkoniyati 230 m3/s. Kanal boshdan oxirigacha tuproq oʻzandan oqadi. Kanalda 6 toʻgʻon, suv sarfi 0,2 dan 50 m3/s gacha boʻlgan 45 shoxobcha kanallar va 3 ta ehtiyot tashlamalar: sharqiy tashlama (40 m3/s), shim. tashlama (18 m3/s) va oxirgi tashlama (17 m3/s) qurilgan. Kanal Chordara suv ombori ga tashlama bilan tugaydi. Dastlab kanalni 1891-y. da knyaz N. K. Romanov kazdirgan. Kanal qurilishi 6 yil davom etgan va Nikolay I arigʻi deb atalgan, uz. 84 km boʻlgan. Kanal suvni Xoʻjand shaxridan quyida Qoʻshtegirmon va Bekobod qishloqlari oraligʻida Sirdaryodan olgan. Kanaldan birinchi marta 1895-y. da Mir-zachoʻlga suv oqizilgan, 1897-y. toʻla ishga tushirilgan va 7600 ga yerni suv bilan taʼminlangan. 1917-y. gacha knyaz Romanov nomi bilan yuritilgan va uni xalq Knyazariq (Kenazariq) deb atagan. 1918—38 y. larda Shim. Mirzachoʻl kanali deb yuritilgan. 1923-y. dan kanal rekonstruksiya qilina boshladi. 1938-y. kanalda Sultonhovuz tindirgichi (hajmi 16 mln. m3) qurildi. Qozogʻiston hududida 1939-y. 1 – Toʻqayli tarmogʻi va 400 km dan ortiq katta-kichik ariqlar chiqarildi. 1940—41 y. larda Mirzachoʻlda yangi yerlar oʻzlashtirilishi munosabati bilan kanalning bosh inshooti rekonstruksiya qilinib, suv oʻtkazish qobiliyati 230 m3/sek ga yetkazildi va kanal 14,5 km uzaytirildi, 2 – va Z-Toʻqayli tarmoqlari, 64-mayda shoxobcha va 2 ta yirik tarmoq — Oʻng tarmoq va Chap tarmoq (Malik tarmogʻi) chiqarildi. 1945-y. da kanal Farhod GESning tashlama kanaliga ulandi. Keyingi yillarda kanal uzaytirildi va suv oʻtkazish imkoniyati oshirildi. 1972-y. dan kanalda xoʻjaliklararo kanallarga suv taqsimlab berish tele va avtomatik sistemalari ishlaydi. 1996-y. iyulidan hoz. nom bilan ataladi (1938—97 y. larda S. M. Kirov nomida boʻlgan). 2001-y. da kanaldan 230 ming ga dan koʻproq maydon sugʻorildi (Oʻzbekistonda 100 ming ga; Qozogʻis-tonda 130 ming ga dan ortiq).

Sharif Hamdamov.


Lotin alifbosida maqola: DOʻSTLIK KANALI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



SIRDARYO
TOSHKENT
QOZOGʻISTON
ROSSIYA
TOSHKENT VILOYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты