DOʻSTMATOV

DOʻSTMATOV Doʻnan (1905 – Namangan viloyati Norin Tumani Toshloq qishlogʻi — 1979) — xalq hashari b-n amalga oshirilgan irrigatsiya qurilishlari novatori. 1929-y. dan jamoa xoʻjaligi (hoz. «Boʻston» shirkat xoʻjaligi) aʼzosi, hosilot (1936—39), jamoa xoʻjaligi raisi (1947—48), zveno boshligʻi (1949—63). 1965-y. dan shaxsiy pensioner. D. Katta Fargʻona kapali (1939) qurilishida kundalik mehnat normasini koʻp marta ortigʻi bilan bajarishni boshlab bergan doʻstmatovchilik harakatining tashabbuskori. Kosonsoy suv ombori, Farhod GES kabi qurilishlarda qatnashgan. Andijon viloyati Kuyganyor qishlogʻida haykali qoʻyilgan.


Lotin alifbosida maqola: DOʻSTMATOV haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ANDIJON VILOYATI
NAMANGAN VILOYATI
XITOY
TOSHKENT
SIRDARYO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты