DOʻSTMUHAMEDOVA Qizlarxon Kamolovna

DOʻSTMUHAMEDOVA Qizlarxon Kamolovna (1946.25.11, Toshkent) — raqqosa. Oʻzbekiston xalq artisti (1984). Toshkent davlat sanʼat in-tini tugatgan (1977). 1965-72 va 1982-88 y. lar «Shodlik» ashula va raqs ansamblida raqqosa boʻlib ishlagan. «Goʻzal» ansambli tashkilotchilaridan va yetakchi raqqosalaridan (1972—81). 1988-y. dan Toshkent davlat madaniyat in-tida pedagog. Doʻstmuhamedova lirik raqqosa, raqslari nafis va jozibali harakatlarga boyligi bilan ajralib turadi. «Goʻzal», «Tong malikasi», «Goʻzal tong», «Intizor», «Buxoro yulduzi», «Sevgi taronasi», «Nozli» kabi zamonaviy, shuningdek, «Munojot», «Tanavor», «Moʻgʻulchai segoh», «Qorakoʻzim», «Guluzorim», «Safti miskin» va b. mumtoz raqslari mashhur. «Shashmaqom» telefilmida qatnashgan (1972). «Tanavor» raqs ansambli (Sietl, AQSH) da oʻzbek raqslarini sahnalashtirgan. AQSH, Liviya, Fransiya, Germaniya, Tunis va b. mamlakatlarda gastrolda boʻlgan. Doʻstmuhamedova ijodiga bagʻishlab «Nafosat guldastasi» nomli film ishlangan (1985). «Elyurt hurmati» ordeni bilan mukofotlangan (2000).

Qizlarxon Doʻstmuhamedova. «Munojot» raqsi.


Lotin alifbosida maqola: DOʻSTMUHAMEDOVA Qizlarxon Kamolovna haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FRANSIYA
TUNIS
TOSHKENT
GERMANIYA
LIVIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты