HAYITMETOV Abduqodir Hojimetovich

HAYITMETOV Abduqodir Hojimetovich (1926.27.5, Dangʻara tumani Qiyoliqum qishlogʻi — 2005.7.5, Toshkent) — adabiyotshunos olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1978), Filol. Fanlari d-ri (1965), prof. (1970). Oʻrta Osiyo un-tining sharqshunoslik f-tini tugatgan (1949). Oʻzbekistan FA Til va adabiyot in-tida kichik (1953-57), katta ilmiy xodim (1957—67), direktorning ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari va boʻlim mudiri (1967—70; 1971—98), ilmiy maslahatchi (1998—2003), yetakchi ilmiy xodim (2003 ydan). Hayitmetovning adabiy-ilmiy faoliyati 50-y. larda hikoya va maqolalar yozish bilan boshlangan. Keyinchalik u faqati. t. ishlari bilan shugʻullangan va uning ilmiy faoliyati, asosan, buyuk oʻzbek shoiri Alisher Navoiy ijodini oʻrganishga bagʻishlangan. Hayitmetov «Alisher Navoiyning adabiy-tanqidiy qarashlari» (1959), «Navoiy lirikasi» (1961), «Navoiyning ijodiy metodi» (1963), «Sharq adabiyotining ijodiy metodi tarixidan», «Navoiy dahosi» (1970), «Hayot-baxsh chashma» (1974), «Navoiyxonlik suhbatlari» (1993) kabi asarlari bilan navoiyshunoslik fanini yangi bos-qichga koʻtargan.

Hayitmetov ilmiy faoliyatining muhim qismini oʻzbek mumtoz adabiyoti tarixini yaratish bilan bogʻlis ishlar tashkil etadi. Uning ilmiy rahbarligi va bevosita ishtirokida oʻzbek tilida 5 j. li (1977—80), rus tilida 2 j. li (1991-92) «Oʻzbek adabiyoti tarixi» yaratilgan. Bundan tashqari, olim 4 j. li «Uzbek adabiyoti» majmuasi, 3 j. li «Uzbek poeziyasi antologiyasi», Ali-sher Navoiyning 15 va 20 j. li asarlar toʻplamlarini tuzishda faol ishtirok etgan. Navoiyning «Hayrat ul-abror» hamda «Farhod va Shirin» dos-tonlarining nasriy variantlarini tayyorlab nashr etgan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti la-ureati (1967, 1992). «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlangan (2003).

As: Tabarruk izlar izidan, T., 1979; meros va ixlos, T., 1985; Navoiyxonlik suhbatlari, T., 1993; Temuriylar davri oʻzbek adabiyoti, T., 1996.

Ad.: Abduqodir Hojimetovich Hayitmetov (biobibliografiya), T., 1986; Vohidov R., Navoiy qalbila sirlashgan inson, T., 1999.


Lotin alifbosida maqola: HAYITMETOV Abduqodir Hojimetovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: H harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALISHER NAVOIY
TOSHKENT
Abduqodir Hayitmetov (1926-2005)
XITOY
BUYUK BRITANIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты