DOʻSTOBOD

DOʻSTOBOD — Toshkent viloyatidagi shahar (1983-y. dan). Quyi Chirchiq tumani markazi. 1996-y. gacha Soldatskiy qishlogʻi. Angren daryosi Sirdaryoga quyilish joyiga yaqin yerda joylashgan. Yaqin t. y. stansiyasi — Kuchlukkacha 38 km. Doʻstoboddan Toshkentgacha boʻlgan masofa 66 km. Aholisi 13,6 ming kishi (2000), asosan oʻzbeklar, shuningdek, qozoq, koreys, rus, tojik va b. millat vakillari ham yashaydi. Doʻstobodda 3 sanoat korxonasi, 2 qurilish idorasi, 3 umumiy taʼlim maktabi, 20 dan ziyod maʼmuriy, davlat tashkilotlari, 40 dan ortiq xususiy korxona, 1 qoʻshma korxona, 300 oʻrinli kasalxona, poliklinika, madaniyat uyi, madaniyat va is-tirohat bogʻi, sport majmui mavjud.

Avtobus, taksi qatnovlari muntazam yoʻlga qoʻyilgan.


Lotin alifbosida maqola: DOʻSTOBOD haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
TOSHKENT VILOYATI
ANDIJON VILOYATI
QOZOGʻISTON
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты