DOʻSUMOV Yangiboy Muhammedovich

DOʻSUMOV Yangiboy Muhammedovich (1905.15.7, Toʻrtkoʻl – 1973.14.8V Nukus) — pedagog, tarixchi olim, Oʻzbekiston FAning muxbir aʼzosi (1956), Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1965). Qoraqalpogʻistonda birinchi tarix fanlari nomzodi (1939) va d-ri (1961), prof. (1965), Nukus oʻqituvchilar in-ti direktor oʻrinbosari, keyin direktor (1935— 40), Qoraqalpogʻiston Maorif xalq komissari va Pedagogika in-ti tarix kafedrasi mudiri (1940—41). 2-jahon urushi qatnashchisi (1941—45). Qoraqalpogʻiston Maorif vaziri (1945 — 49). Qoraqalpogʻiston Iqtisod va madaniy in-ti boʻlim mudiri (1949—59). Oʻzbekiston FA Qoraqalpogʻiston filiali Tarix, til va adabiyot in-ti direktori (1959—64), sektor mudiri (1964—73). Ilmiy ishlari Qoraqalpogʻistonning yangi davr tarixiga, xususan, 20-a. 1-choragidagi maorifi hamda ijtimoiysiyosiy tarixiga bagʻishlangan.


Lotin alifbosida maqola: DOʻSUMOV Yangiboy Muhammedovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



QORAQALPOGʻISTON
XITOY
TARIX
FRANSIYA
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты