IBN ABD RABBIHI

IBN ABD RABBIHI, Abu Umar Ahmad ibn Muhammad (860.28.11 — Qurtuba — 940.1.3) — arab shoiri, tarixchisi. Arab mumtoz sheʼriyatining barcha janrlarida ijod etgan. U haqidagi maʼlumot Saolibiyning tazkirasida keltiriladi. Ibn Abd Rabbihining «Al-Mumahhisot» («Tozalovchilar») asarida koʻpgina sheʼr va qasidalar jamlangan. U 7—8-a. arab adabiyoti tarixiga oid 25 bobdan iborat «al-Iqd alfarid» («Nodir marjon») nomli tazkira tuzgan. Undan joy olgan arablarning qad. urf-odatlari va tarixiga oid ayrim maʼlumotlar «Islomgacha boʻlgan arab tarixi haqida xabarlar» nomi bilan Parijda 3-marta nashr etilgan (1836, 1837, 1838).


Lotin alifbosida maqola: IBN ABD RABBIHI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: I harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALISHER NAVOIY
TOSHKENT
IBN SINO
BERUNIY
TARIX


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты