HALQUM

HALQUM, yutqin — ogʻiz boʻshli-gʻini qiziloʻngach bilan tutashtiruvchi meʼdaichak yoʻlining oldingi qis-mi; shakli egri naysimon; orqa yuzasiga qarab yassilangan, pastki qis-miga qarab toraygan boʻladi. Yutinish vazifasini bajaradi va nafas olishda ishtirok etadi. Halqum devorlaridan oʻpka, shuningdek, ayrisimon, qal-qonsimon bez, qalqonsimon bez oldi bezlari rivojlanadi. Halqumning uz. 15 sm cha. Halqum burun va ogʻiz boʻshligʻining davomi boʻlib, pastdan hiqildoq va Yevstaxiy naylari orqali oʻrta quloqdagi nogʻora boʻshligʻi bilan tutashadi. Halqumning old devori deyarli yoʻq; H. dan oldin burun, ogʻiz boʻshligʻi va hiqil-doq joylashadi. Shuning uchun Halqumning yuqorigi — burun yoki burun-halqum qismi, oʻrta — ogiz qismi va pastki — hiqildoq qismi ajratiladi. Burun-halqum qismi burun va oʻrta quloq boʻshligʻi b-n; ogʻiz qismi tomoq teshigi orqali ogʻiz boʻshligʻi b-n; hiqildoq qismi esa hiqildoq bilan tutashadi. Halqumning hiqildoq qismi hiqildoqning orqa tomonida joylashgan, uning oldingi va orqa devorlari faqat ovqat yoki suyuqlikni yutish paytida bir-biridan uzoqlashadi, boshqa vaqtda esa bir-biriga tegib turadi. Halqum orqa devorining yuqori qismida, oʻrta chiziq boʻylab limfa toʻqimasidan tuzilgan halqum murtagi joylashgan. burun-halqum qismining harakatsiz yon devorlaridan oʻrta quloqqa olib boruvchi eshituv nayi boshlanadi. Shu joyda eshituv nayi teshigi bilan yum-shoq tanglay chodiri oraligʻining oʻng va chap tomonida limfa toʻqimasidan tuzilgan nay murtagi bor. Halqum murtagi, 2 ta nay murtak, 2 ta tanglay va til murtaklar bir-galikda Halqumning kirish qismida hal-qaga oʻxshab joylashadi. Halqum devorining xususiy plastinkasi siyrak biriktiruvchi toʻqimadan iborat boʻlib, juda koʻp elastik tolalar tutadi. Bu plastinka kalla suyagining tashqi asosiga tutashadi, shu sababli, Halqum burun qismining orqa va yon devorlari birbiriga yaqinlasha olmaydi va havo burundan bevosita Halqumning burun qismi orqali hiqildoqqa oʻtadi.


Lotin alifbosida maqola: HALQUM haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: H harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
OʻPKA
QULOQ
TOSHKENT
YEVSTAXIY NAYI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты