HAMIDOVA Manzura Hamidovna

HAMIDOVA Manzura Hamidovna (1921.19.1, Toshkent) — terapevt, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1982), tibbiyot fanlari d-ri (1965). ToshTIning davolash f-tini tugatgach (1940), Toshkent viloyati Boʻka tumani Kerovchi qishloq vrachlik uchastkasi mudiri (1940—42), Toshti f-t terapiya klinikasida ordinator (1942—46), Oʻrta Chirchiq r-n kasalxonasida bosh vrach (1946 — 49), ToshTI f-t terapiya kafedrasida aspirant (1949—52), Toshkent vrachlar malakasini oshirish in-ti terapiya kafedrasida assistent (1953-58), dotsent (1958-65), prof. (1965—67), kafedra mudiri (1967 — 92); 1-shahar klinik kasalxonasi ichki kasalliklar boʻlimida prof.-konsultant (1992—2000). Ilmiy ishlari jigar, yurak, oʻpka kasalliklari, revmatizmni davolash va diagnostikasi hamda yurak-oʻpka yetishmovchiligining rivojlanish mexanizmlarini oʻrganish, davolash va b. masalalarga oid.

As: Yazvennaya bolezn jeludka i 12ti per-stnoy kishki, 1984; Jigar kasalliklari, T.. 1987.


Lotin alifbosida maqola: HAMIDOVA Manzura Hamidovna haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: H harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
TIBBIYOT
TOSHKENT VILOYATI
SOGʻLIQNI SAQLASH
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты