IDIOSINKRAZIYA

IDIOSINKRAZIYA (yun. idios – oʻziga xos va synkrasis — aralashuv) — odam organizmining baʼzi ovqatlarga (sut, qulupnay, tuxum va b.) va dori moddalarga (penitsillin, sulfanilamid preparatlar, piramidon, xinin, yod, brom va b.) ortiq darajada sezuvchanlik holati. Idiosinkraziya allergik holatlardan biri (q. Allergiya). I. ning rivojlani-shida irsiy moyillik katta rol oʻynaydi. U shilliq pardalarning qizarishi, eshakem toshishi va burun, badan qichishib achishishi, t-ra koʻtarilishi bilan namoyon boʻladi. Ogʻirroq hollarda nafas qisishi, astmaga oʻxshash hurujlar, qusish, ich ketishi mumkin. Betoblik holati bir lahzada yoki bir necha kundan keyin oʻtib ketadi. Idiosinkraziyaning rivojlanish mexanizmi allergik re-aksiyadan farq qilib, bunda antitelo va sensibillashgan hujayralar paydo boʻlmaydi (q. Sensibilizatsiya); kishi oʻta sezuvchan boʻlgan modda organizmga kirishi bilan unga javob reaksiyasi vujudga keladi. Idiosinkraziya paydo boʻlganda uni keltirib chiqargan ovqat yoki dorilarni tark etib, vrachga murojaat qilish kerak.


Lotin alifbosida maqola: IDIOSINKRAZIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: I harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
NAFAS QISISHI
OKEAN
TOSHKENT
OVQATLANISH


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты