HASAN BASRIY

HASAN BASRIY, Abu Said Abul Hasan Yasor (642—728) — ilk islomning yirik ilohiyot olimi. Madinada tugʻilgan, 657-y. dan Basra sh. da yashab, shu yerda vafot etgan. 663—665-y. larda hoz. Afgʻoniston hududidagi harbiy yurishda qatnashgan. Xalifa Umar ibn Abdulaziz (681—720) davrida Basrada qozilik qilgan. Hasan Basriy atrofida ilohiyot olimlari toʻplanib, ular umaviylar davlati maʼnaviyatini belgilagan. Hasan Basriyni ahli sunna namoyandalari ham, mutaziliylar ham, sufiylar ham oʻz ustozi hisoblagan. Hasan Basriy qarashlari haqida maʼlumotlar juda oz. Ularga koʻra, Hasan Basriy iroda erkinligi (ixtiyoriylik) masalasida qadariylar nuq-tai nazarida turgan va inson bu dun-yodagi qilmishlari uchun oʻzi masʼul ekanligini taʼkidlagan. Hasan Basriy moʻtadil siyosiy qarashlarga mos mavqeda turgan: umma birligini saqlab qolishga harakat qilib, musulmonlar oʻrtasidagi harbiy mojarolarni qora-lagan.


Lotin alifbosida maqola: HASAN BASRIY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: H harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



IBN SINO
Umar Shayx Mirzo Bahodir
TOSHKENT
ISLOM
AFGʻONISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты