IJTIMOIY TAʼMINOT

IJTIMOIY TAʼMINOT — keksaygan, mehnatga layoqatsiz boʻlgan va boquvchisini yoʻqotgan fuqarolarga moddiy, tibbiy va ijtimoiy yordam koʻrsatish boʻyicha davlat tomonidan belgilangan ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlar tizimi. Ijtimoiy himoyaning muhim tarmogʻi.

Ijtimoiy taʼminot toʻgʻridan-toʻgʻri davlat byudjetidgn ajratiladigan mablagʻlari, homiylar (turli jamgʻarma va tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaxslar) mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. Ijtimoiy taʼminot miqdori va taqdim etish tartibi milliy urf-odatlar va xalqaro meʼyorlarga asosan ishlab chiqilgan qonunchilik hamda davlatning iqtisodiy imkoniyati doirasida amalga oshiriladi. Pensiyalar (keksalik boʻyicha, nogironlik boʻyicha, boquvchisini yoʻ-qotganlik boʻyicha va ijtimoiy nafaqap&oʻ (nogiron bolalarga, bolalikdan nogironlarga, ishlamagan yolgʻiz nogiron va keksalarga) toʻlovlari Ijtimoiy taʼminotning eng muhim turlari hisoblanadi. Qari-yalar va nogironlarga ijtimoiy xizmat koʻrsatish — nogironlarni «Mu-ruvvat» uylariga, yolgʻiz qariyalarni «Sahovat» uylariga joylashtirish, muhtojlarni protez-ortopediya va harakatlanish vositalari bilan taʼminlash, nogiron bolalarni kasbga oʻqitish va ishga joylashishda yordam koʻrsatish, pensionerlarni sanatoriy va dam olish uylarida sogʻlomlashtirish, ularga shahar jamoa transportlaridan foydalanishda, turar joy, maishiy xizmat va soliklarga aloqador imtiyozlar berish Ijtimoiy taʼminotda katta rol oʻynaydi.

Oʻzbekistonda Ijtimoiy taʼminot tizimi 20-a. ning 20-y. lari boshidan shakllana boshlangan.

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan soʻng 90-y. lar boshidan bozor munosabatlariga oʻtish va ijtimoiy-iqtisodiy tizimni isloh qilish davrida aholini, ayniqsa no-chor guruxlarni aniq manzilli va maqsadli ijtimoiy himoya qilish tizimi barpo etildi, pensiya jamgʻarmasi, ijtimoiy nafaqalar, pensiyalar va nafaqalar indeksatsiyasi kabi tushunchalar va tuzilmalar amal qila boshladi.

Oʻzbekiston Respublikasining «Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida»gi 1993-y. 3 sent. dagi Qonu-nida pensiyalar miqdori mehnat sta-ji va oʻrtacha ish haqita yanada uzviy bogʻlandi. Pensiya va ijtimoiy nafaqalar tushunchalariga aniqpik kiritilib, pensiya — mehnat stajiga koʻra qoʻlga kiritilgan huquq, ijtimoiy nafaqa esa muhtojlarga davlat tomonidan koʻrsatiladigan yordam deb belgilab qoʻyildi. Ijtimoiy taʼminotning anchagina qismi ayrim toifadagi fuqarolarga imtiyozlar berish, ularni umumiy qoidalarning talablari va majburiyatlaridan toʻliq yoki qisman ozod qilishdan iborat. Hoz. davrda 1,2 mln. dan or-tiq pensionerlar va nogironlar 18 turdagi imtiyezlar (shifokor retseptiga asosan bepul dori-darmon olish, protez-ortopediya mahsulotlari b-n taʼminlanish, nogironlar aravachalari olish, avtomashina benzini uchun tovon puli olish, mol-mulk, yer soligidan ozod etish va b.)dan foydalanmoqda, har oyda ularga meʼyorlangan har xil oziqovqat va kir yuvish vositalari bepul yetkazib beriladi.

2001-y. 13 fev. da aholini ijtimoiy himoyasi boʻyicha davlat boshqaruvini mukammalashtirish maqsadlarida Mehnat vazirligi va Ijtimoiy taʼminot vazirligi birlashtirilib, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tashkil etildi. Ijtimoiy taʼminot tizimida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, 12 viloyat va Toshkent sh. Mehnat va aholini ijtimoiy muhof-za qilish boshqarmalari, 213 tuman va shahar ijtimoiy boʻlimi, 26 «Muruv-vat» va 8 «Sahovat» qariyalar uylari, Urush va mehnat faxriylari respublika pansionata (1970), «Nuroniy» (Toshkentda), «Oltiariq» (1979) va «Tovoqsoy» (1971), «Kosonsoy» (2002) sanatoriylari, Nogironlarni tibbiy-ijtimoiy va kasb boʻyicha sogʻlomlashtirish milliy markazi va uning 10 ta mintaqaviy markazlari, Tayanchharakat qilish tizimi buzilgan nogironlarni sogʻlomlashtirish respublika markazi, 180 tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyalari (TMEK), 3 ta nogiron bolalar uchun kasb-hunar bilim yurtlari aholiga xizmat koʻrsatadi. Ijtimoiy taʼminot sohasi uchun oliy va oʻrta maʼlumotli kadrlar Oʻzbekiston milliy un-ti, Toshkent davlat iqtisodiyot unti Toshkent moliya in-ti, Toshkent ijtimoiy taʼminot huquqshunoslik texnikumi (1967)da tayyorlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasida pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan pensiya va ijtimoiy nafaqalar toʻlash uchun qilingan xarajatlar 283897 mln. soʻmni tashkil etdi (2001; 1995-y. da 15878,4 mln. soʻm). Oʻzbekistondagi pensionerlar soni va tarkibi jadvalda berilgan.

Oqiljon Obidov.


Lotin alifbosida maqola: IJTIMOIY TAʼMINOT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: I harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



PENSIYALAR
TOSHKENT
IJTIMOIY HIMOYA
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI
NOGIRONLIK


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты