IZOLYATSIYA

IZOLYATSIYA (frans. isolation — ajratish, tarqatish) (biologiyada) — bir necha turga yoki bir turning har xil populyatsiyasiga mansub organizmlarning erkin chatishuviga toʻsqinlik qiladigan toʻsiqlar paydo boʻlishi. Izolyatsiya evolyutsiya omillaridan biri boʻlib, uzoq vaqt davom etganida bir turga mansub organizmlar oʻrtasida irsiy jihatdan farq qiladigan belgilarning vujudga kelishi va mustaxkamlanishiga, binobarin, tur hosil boʻli-shiga olib keladi. Tabiatda Izolyatsiya 2 xil: geografik (fazoviy) va biologik shakdda namoyon boʻladi. I. Yer yuzining relyefi va iqlimi bilan bogʻliq (mas, suv havzalari quruqliqda, togʻlar vodiyda, vodiylar togʻda, quruqlik esa suvda yashovchi turlarning tarqalishi va erkin chatishuviga toʻsiq boʻladi). Geografik Izolyatsiya inbridingni kuchaytirib, allopatrik tur hosil boʻlishiga olib keladi (q. Turhosil boʻlishi). Izolyatsiya koʻpincha inson faoliyati (ovlash, oʻrmonlarni kesish, qoʻriq yerlarni oʻzlashtirish, kanallar qazish) b-n bogʻlangan boʻladi. Biologik Izolyatsiya chatishuvga yoki chatishishdan soʻng urugʻlanish sodir boʻli-shiga toʻsqinlik qiladigan mexanizmlar boʻlishi bilan bogʻliq. Biologik Izolyatsiya ekologik, etologik, morfofiziologik, fiziologik va genetik Izolyatsiyaga aj-ratiladi. Etologik, yaʼni biotopik Izolyatsiya chatishadigan individlarning har xil biotoplarda (q. Biotop) yashashi tufayli kam uchrashuvi yoki umuman uchrash-masligiga aloqador boʻlib, simpatrik tur hosil boʻlishiga olib kelishi mumkin. Etologik Izolyatsiya chatishadigan orga-nizmlarning xulq-atvori oʻrtasidagi, morfofiziologik Izolyatsiya — koʻpayish organlari tuzilishidagi, fiziologik Izolyatsiya — koʻpayish muddatlari, genetik Izolyatsiya — irsiy mexanizmlarning tuzilishi oʻrtasidagi farq tufayli roʻy beradi. Genetik Izolyatsiya zigotaning qalok boʻli-shiga, qisman yoki batamom steril gib-ridlarning paydo boʻlishiga, shuningdek, yashovchanligining kamayishiga olib keladi.


Lotin alifbosida maqola: IZOLYATSIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: I harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
SUVDA VA QURUQLIQDA YASHOVCHILAR
OKEAN
BIOLOGIYA
HAYOTNING PAYDO BOʻLISHI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты