IZOTOP INDIKATORLAR — izotop tarkibi bilan tabiiy izotoplardan farq qiladigan va har xil jarayonlarni oʻrganishda belgi sifatida ishlatiladigan moddalar. Kimyoviy elementlarning barqaror yoki radioaktiv izotoplari Izotop indikatorlar vazifasini bajaradi. Ularni aniqlash va mikdorini belgilash oson. Izotop indikatorlarning uziga xosliligi ularni har qanday murakkab sistemalar, jumladan, tirik organizmlarda moddalar almashinuvi, taqsimlanishi va oʻzgarishlarini kuzatib borishga imkon beradi. Turli jismlarning, mas, metallarning diffuziya koeffi-siyentini topishda, tuproqdagi elementlarning oʻsimlik tanasiga singi-shini, hayvon va oʻsimlik toʻqimalaridagi hayot faoliyatini kuzatishda ham Izotop indikatorlardan foydalanish qulay. Izotop indikatorlar usuli bir element turli izotoplarining kimyoviy xossalari deyarli bir xil boʻlishiga va, ayniqsa, radioaktiv izo-toplarni aniqlash osonligiga asoslangan. Bu usuldan foydalanishda belgili atomlarning qayta taqsimlanishiga (demak, birikmaning belgini yoʻqotishiga) sabab boʻla oladigan izotop almashuvi reaksiyalarini, baʼzan jarayonning borishiga radioaktiv nurning taʼsir etishidan kelib chiqadigan radiatsion effektni hisobga olish zarur. Belgili izgotop sifatida ishla-tiladigan izotop oʻrganilayotgan birikma tarkibiga kiritiladi.
Izotop indikatorlar usulini 1913-y. vengriyalik kimyogarlar D. Xeveshi va F. Panetlar taklif etgan. Birikma molekulasidagi turli atomlarning qanday bogʻlanganligini aniqlashda ham Izotop indikatorlar usuli tat-biq etiladi. 270 dan ortiq barqaror va 1000 dan ortiq radioaktiv izotoplar maʼlum. Koʻpincha 2N, 13S, I5N, I8O va b. barqaror izotoplar sifatida qoʻllaniladi. Ular tabiiy izotoplar aralashmasidan turli usullar (haydash, diffuziya, termodiffuziya, izotop almashuvi, elektroliz) bilan olinadi.
Radioaktiv izotoplarni tanlashda ularning yadroviy tavsifi, yarim yemirilish davri, turi va nurlanish energiyasidan foydalaniladi. Sunʼiy radioaktiv izotoplar sifatida 3N, 19S, NR, 35S, 45Ca, 5lCr, 59Fe, mSo, 89Sr,»5Zr, 95Nb, IO0Ag, I3II va b. ishlatiladi.
Kristallarda aralashma bir tekis tarqalganligini, oʻsimliklarda fosforning qayerda yigʻilishini, analitik va texnologik sxemalarni tekshirishda, organizmda moddalar almashinuvi va tezligini, oʻgʻitlarning sama-radorligini aniqlashda, miqdoriy analizda, turli jarayonlar mexanizmini anikdashda Izotop indikatorlarning ahamiyati katta. Texnikada domna va b. pechlarda gazlarning harakatini, eritish pechlarida turli elementlar (oltingugurt, kremniy, fosfor, marganes va b.)ning metall bilan toshqol orasida taqsimlanishini oʻrganishda Izotop indikatorlar qoʻl keladi.
Ad: Radioaktivnыye indikatorы v ximii. [Osnovы metoda, pod red. V. B. Lukyanova] Zizd., M., 1985.
Ashraf Eminov.