IZOHORIK JARAYON

IZOHORIK JARAYON — sistema hajmi oʻzgarmagan holda sistemada sodir boʻladigan fizik jarayon. Sistemaning termodinamik holat diagrammasida izohora bilan ifodalanadi.

Qatgiq jismdagi jarayonlarda, jumladan, izotermik jarayonlarsa hajm deyarli oʻzgarmagani uchun ular, odatda, Izohorik jarayon deb hisoblanadi. Shuningdek, juda tez sodir boʻladigan jarayonlar (mas, portlash jarayoni) da hajm oʻzgarishga deyarli ulgurmagani sababli ularni Izohorik jarayon deb karash mumkin. Izohorik jarayon issiklik mashinalari (mas, Otto, Dizel sikllari)da uchraydi.

Izohorik jarayon j . da hajm oʻzgarishi bilan bogʻliq mexanik ish bajarilmaydi; sistemaning ichki energiyasi oʻzgarishi issiqlik yutil i shi (yoki chiqarilishi) tufayli sodir boʻladi va t-raning oʻzgarishi (ortishi) bosimning oʻzgarishi (ortishi)ga olib keladi. Ideal gyazdagi Izohorik jarayon Sharl konunit boʻysunadi (q. Izohora), real gazlardagi Izohorik jarayon Sharl qonuniga boʻysunmaydi.


Lotin alifbosida maqola: IZOHORIK JARAYON haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: I harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
FIZIKA
PORTLASH
TOSHKENT
MINERAL


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты