IKKILAMCHI OGʻIZLILAR

IKKILAMCHI OGʻIZLILAR (Deute-rostomia) — ikki yonlama simmetriyali hayvonlar (Bilateria) kenja boʻli-mi, birlamchi ogʻizlilarning aksi. Bir xil nazariyalarga qaraganda birlamchi ogʻizlilar va Ikkilamchi ogʻizlilar biri ikkinchisidan mustaqil holda radial simmetriyali hayvonlardan kelib chiqqan, boshqa xil nazariyalarga binoan birlamchi va Ikkilamchi ogʻizlilarning umumiy ajdodi tuban chuvalchanglar (skoletsidlar)ga oʻxshash boʻlgan. Ikkilamchi ogʻizlilar ikkilamchi (selom) tana boʻshligʻiga ega hayvonlar boʻlib, ontogenezda ularning birlamchi ogzi (blastopor) oʻrnida anal teshik vujudga keladi, haqiqiy, yaʼni ikkilamchi ogʻiz esa murtakning old tomonida paydo boʻladi. Mezodermaning birlamchi ichakdan ajralib chiqishi b-n I. o. birlamchi ogʻizlilardan farq qiladi. Tuban Ikkilamchi ogʻizlilarning tuxumi radial yoʻnalishda maydalanadi. Ikkilamchi ogʻizlilarga chalaxordalilar, ignaterililar va xordalilar kiradi. Baʼzan Ikkilamchi ogʻizlilarga kiljagʻlilar ham kiri-tiladi.


Lotin alifbosida maqola: IKKILAMCHI OGʻIZLILAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: I harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



General Chernyayevning Toshkentga bosqini
YER
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
HAYOTNING PAYDO BOʻLISHI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты