IKKILAMCHI ELEKTRON EMISSIYA — elektronlar bilan bombardimon qilinganda qattiq va suyuq jismlar sirtidan elektronlarning otilib chiqishi. Nemis fiziklari Austin va G. Shtarke kashf qilgan. Jismni bombardimon qiluvchi elektronlarni birlamchi, sirtdan chiqayotganlarini ikkilamchi elektronlar deyiladi. Ikkilamchi elektron emissiya natijasida elastik qaytgan, plastik qaytgan va qaqiqiy (qattiq jismdan urib chiqarilgan) ikkilamchi elektronlar chiqadi. Elastik kaytgan elektronlar energiyasi birlamchi kaytgan elektronlar energiyasiga teng. Qattiq jismdan urib chiqarilgan elektronlarning energiyasi (50 eV dan) kichik, plastik qaytganlariniki esa (50 eV dan) katta. Tula I. e. e. koeffitsiyenta o elastik qaytgan elektronlar koeffitsiyenti g, plastik qaytgan elektronlar koeffitsiyenti t| va haqi-qiy ikkilamchi elektronlar koeffitsiyenti 5 yigʻindisidan iborat. Bu koeffitsiyentlar qattiq jism turiga, sirtining tuzilishiga, agregat holati va t-rasiga, elektronlar energiyasi va sirtga tushish burchagiga bogʻliq. Ikkilamchi elektron emissiya ikki turga boʻlinadi: potensial va kinetik elektron emissiya. I. e. e. koeffitsiyenti u potensial ion-elektron emissiya koeffitsiyenti up va kinetik ion-elektron emissiya koeffitsiyenti uk dan iborat. Potensial ion-elektron emissiya ion energiyasi kichik (YEXKeV) boʻlganda ham roʻy beradi. Kinetik ionelektron emissiya maʼlum chegara energiya Yeg dan boshlanadi. uk qiymati Јga chiziqli bogʻlangan. Yeg qiymati ion va metall turiga bogʻliq. Volfram uchun Ј=1,5 KeV. Koʻpchilik elektrovakuum asboblarda elektronlar oqimini kuchaytirish uchun (foto-elektron kuchaytirgich, tasvir kuchaytirgich), axborot yozishda (elektron-nurli asboblar) Ikkilamchi elektron emissiya hodisasidan foydalaniladi.