IKONOSKOP

IKONOSKOP (yun. eikon — tasvir va… skopiya) — tasvirni uzatuvchi dast-labki televizion trubkalardan biri. Ishi optik tasvirlarni televizion signallarga aylantirish uchun elektr zaryadlarni toʻplashga asoslangan. Ikonoskopni 1931-y. da rossiyalik S. I. Katayev va amerikalik V. K. Zvorikin bir-biridan mustaqil ravishda taklif qilishgan. Ikonoskop birinchi marta tasvirni bevo-sita uzatishga imkon bergan. Ikonoskopda yorugʻlik oqimi obyektidan (optik tizim orqali) yorugʻlik sezgir nishon — mo-zaikali slyuda plastinkaga tushib, uning sirtida elektr zaryadlarini tegishlicha. tarqatadi, yaʼni potensial relyef hosil qiladi. Nishon bir-biridan izolyatsiyalangan bir necha mln. dona mitti fotokatodlardan iborat. Uning ikkinchi tomoniga metall patlami (signal plastinka) surkalgan. Har bir fotokatod shu plastinka bilan birgalikda kondesatornp tashkil qiladi. Elektron-nur nishondagi mozaikani maʼlum tartibda aylanib oʻtib, har bir kondensatorni zaryadsizlaydi. Natijada tasvirning yoritilganligiga mos kuchlanishga ega boʻlgan elektr signallar xreil boʻladi, bular kuchaytirgichga uzatiladi.


Lotin alifbosida maqola: IKONOSKOP haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: I harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TELEVIDENIE
YER
XITOY
RANG-TASVIR
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты