ILDIZ

ILDIZ (radix) — oʻsimlikning eng muhim organi. Ildiz tuproqdan suv va oziq moddalarni soʻrib olish, oʻzida murak-kab birikmalarni sintez qilish va ularni oʻsimlikning yer ustki qismi (poyasi, barglari) ga koʻtarib berish funksiyasini bajaradi. Ildiz tuproqqa mikroflora rivojini tezlashtiruvchi har xil birikmalar ajratadi va tuproq hosildorligini oshiradi. Bundan tashqari, Ildiz baʼzi organik moddalarni sintez qiladi. Koʻpgina oʻsimlik Ildiz vda zaxira toʻplanadi.

Tuban oʻsimliklar, lishayniklar, yoʻsinsimonlar va ayrim zamburugʻlarda Ildiz vazifasini rizoidlar (tuksimon va b. shakllardagi bir va koʻp hujayrali sodda Ildizlar) bajaradi. Ildiz koʻpincha ingichka silindrsimon yoki ipsimon boʻladi. Urugʻ yerga tushgandan keyin, murtakdagi Ildiz rivojlanib, asosiy Ildizga aylanadi. Asosiy Ildiz tarmoklanib, birinchi tartib, ular oʻz navbatida tarmoklanib, ikkinchi tartib va h. k. yon Ildiz hosil qiladi. Asosiy va yon Ildiz lardan tashqari koʻpgina oʻsimliklarda poya va barglardan oʻsib chiqadigan qoʻshimcha I. uchraydi. Oʻsimlik poyasini tuproqqa koʻmish yoʻli b-n qoʻshimcha Ildiz paydo qilish mumkin. Pomidor, kartoshka, makkajoʻxori chopiq qilingandan keyin koʻplab qoʻshimcha Ildizlar chiqaradi; bu Ildizlar oʻsimlikni mustahkamlab, oziqlanish sharoitini yaxshilaydi va hosilni koʻpaytiradi.

Ildizlar tuproqda tarqalishiga qarab oʻq ildiz va patak ildizga boʻlinadi. Asosiy Ildiz yaxshi rivojlanib, yoʻgʻonligi va boʻyi bilan boshqalardan kattaroq boʻlsa, oʻq ildiz deyiladi. Bu xildagi Ildizlar, asosan, ikki pallali oʻsimliklarga xos boʻlib, asosiy Ildiz tuproqqa chuqur kirib boradi (mas, beda, qizilmiya, yantoq). Oʻq ildiz choʻl oʻsimliklarida 15—20 m gacha boradi. Patak ildizlar bir pallali oʻsimliklarga xos boʻlib, bularda asosiy Ildiz barvaqt quriydi yoki butunlay paydo boʻlmaydi, baʼzan esa oʻsayotgan patak Ildizlar bilan bir xilda oʻsadi (boshokdoshlarda). Ingichka oq Ildiz chalar tukchalar b-n birga Ildizning faol qismini hosil qiladi; uning uz. 10—15 sm, diametri 0,6—1,0 mm va undan ortiq boʻladi. Dagʻallashgan, rangi qoʻngʻirlashgan Ildizlar asosiy Ildiz bilan birga Ildiz tarmogʻining oʻtkazuvchi qismini tashkil etadi. Faol qismdagi Ildiz chalar uchi Ildiz gʻilofi bilan qoplangan, gʻilof Ildizni tuproq orasiga oʻsib kirishda zararlanishdan saqlaydi. Gʻilof ostida hujayralarning boʻlinish — choʻzilish (oʻsish) zonasi joylashgan, uning hujayralari juda tez oʻsish xususiyatiga ega. Bundan key-in differensiallanish, yaʼni Ildiz tukchalari zonasi (I. chaning asosiy qis-mi) keladi; suv va unda erigan oziq moddalar shu zonada soʻriladi. Mac, gʻoʻzada tashqi muhit sharoitiga qarab asosiy (bosh) I. yerga 2 m va undan ham chuqur oʻsib kiradi; chuqurga kirgan sari u ingichkalashib (yuqorida 1,5—2 sm dan pastki qatlamlarda 1—2 mm gacha) boradi. Yon I. lar yon tomonlarga 50—100 sm gacha tarqalib oʻsadi. Oʻq I. nobud boʻlsa, uning vazifasini birinchi bir-lamchi tartib yon Ildizlar bajaradi, lekin bunda Ildiz boʻyiga oʻsa boshlaydi.

Koʻp oʻtlarning Ildiz lari etdor boʻladi (lavlagi, sabzi, turp va b.). Etdor I. lar kraxmal, har xil qandlar, shilim-shiq moddalar, inulin, gemitsellyuloza va b. zaxira moddalarni saklash vazifasini bajaradi. Mac, lavlagi I. sa-xarozaga, kartoshkagul I. boʻrtmalari inulinga, gulxayri I. i kraxmal va shilimshiq moddalarga boy.

Ad.: Usmanov A. N., Teoreticheskiye osnovы kornevogo pitaniya xlopchatnika pri poluchenii vыsokogo urojaya v usloviyax iskusstvennoy sredы, T., 1984.

Abdukarim Zikiryoyev.


Lotin alifbosida maqola: ILDIZ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: I harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



HAYOTNING PAYDO BOʻLISHI
IBN SINO
BIOLOGIYA
BAKTERIYALAR
DEHQONCHILIKNING ASOSIY QONUNLARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты