ILMIY DARAJA

ILMIY DARAJA — muayyan fan sohasidagi mutaxassisning ilmiy malakasi darajasi. Oʻzbekistonda fan nomzodi va fan doktori I. d. taʼsis etilgan. Ilmiy daraja yuqori malakali ilmiy xodimlarga fanni boyituvchi tadqiqot ishlari, ilmiy muammolarni amaliy yoki nazariy jiqatdan hal qila oladigan mustaqil ilmiy tadqiqoti yoxud yangi muammolarni ilmiy asoslanganligiga bagʻishlangan dissertatsiyalarning maxsus ilmiy kengashlarda ochiq himoya natijasi asosida ilmiy kengash va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) eksport ken-gashi tavsiyasiga binoan, oliy maʼlu-motga ega boʻlgan shaxslarga OAK tomonidan beriladi. OʻzRda boshqa davlatlarning muayyan muassasalari tomonidan berilgan Ilmiy daraja muvofiklashtirilgandan soʻng haqiqiy hisoblanadi. Shuningdek, Oʻzbekistonda chet davlatlardagi ilmiy muassasalar tomonidan berilgan faxriy Ilmiy daraja larga ega muta-xassislar ham bor. Bunday Ilmiy darajalar Oʻzbekistonda fan, texnika va madaniyat sohasidagi yutuqlari uchun chet ellik olimlarga ham beriladi. Chet el oliy oʻquv yurtlari va i. t. muassasalarida litsensiat, bakalavr, magistr, fan d-ri Ilmiy daraja lari mavjud.


Lotin alifbosida maqola: ILMIY DARAJA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: I harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



OLIY ATTESTATSIYA KOMISSIYASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI
TOSHKENT
GERMANIYA
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты