ILOQ

ILOQ (Carex physodes) — hiloldoshlar oilasiga mansub ildizpoya koʻp yillik oʻt. Boʻyi 15—20 sm, poyasi uch qirrali, barglari ensiz, gullari koʻrimsiz. Mevasi qoʻngʻir. Ildizpoyasi 10 — 20 sm chuqurlikka joylashib, har 10—20 sm dan poya chiqaradi. Shuning uchun ildizpoyasining boshlangan va tugagan joyini topish qiyin. Iloq qalin va chigal toʻr ildiz hosil qilib, qumni koʻchmaydigan qiladi. Oʻrta Osiyodagi barcha qumli choʻllarda har xil buta va oʻtlar bilan birga poyonsiz Iloq zorlar hosil qiladi. Iloq fev. da koʻkarib, martda gullaydi, mayda urugʻi pishib, poya va barglari quriydi. Iloq, asosan, vegetativ yoʻl b-n koʻpayadi. Iloq toʻyimli ozuqa, tarkibida (gullash davrida) 20% cha oqsil, 3,1% moy, 24,4% kletchatka boʻladi. Qizilqum oʻtloqlarida Iloq qoʻylar bahorgi ovqatining 85% ini, yozdagisining 70% ini tashkil qiladi.


Lotin alifbosida maqola: ILOQ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: I harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
BEGONA OʻTLAR
TOSHKENT
FRANSIYA
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты