IMMUN STATUS

IMMUN STATUS, immun holat — immun sistemasining hujayraviy va gumoral omillarini klinik va laborator-immunologik usullar yordamida aniqlangan miqdoriy koʻrsatkichlari. Immunologik koʻrsatkichlar kishilarning yoshiga, yashayotgan geografik muhitiga, ekologik vaziyat va epide-miologik holatga qarab oʻzgaradi. Immun statusni aniqlash nafaqat odamning hoz. holatini baholash, balki ekologik va xavfli antropogen (fizik, kimyoviy va biologik) omillar taʼsirida uning kelajakdagi sogʻligʻini oldindan aytib berish imkonini beradi. Bundan tashkari, odam I. s. ni baholash orqali immuntanqislik holatlariga yuqori moyilligi boʻlgan kishilarning xavfli guruhini tuzish hamda uning asosida immuntiklash va immunprofilaktika usullarini ishlab chiqish mumkin boʻladi.

Zamonaviy tibbiy immunologiyada Immun statusni baxrlovchi usullar mavjud. Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining tavsiyalariga asoslanib, akad. R. V. Petrov tomonidan 1984-y. «Odam immun statusini baholash» uslubiy qoʻllanmasi ishlab chiqilgan, unga asosan baholash usullari ikki darajaga boʻlinadi. Bi-rinchi daraja usullarida immun xrlatda oʻzgarish bor yoki yoʻkligi 1—2 kun ichida taxm. baholanadi. Agar bunda oʻzgarishlar topilsa, immun sistemadagi nuqsonni chuqur va toʻliq aniqlash uchun ikkinchi daraja usullari qoʻyiladi. Bu tekshirishlar natijasi 5—6 kunda bilinadi.

R. V. Petrov hamkasblari bilan MDH davlatlarida yashaydigan sogʻlom aholi maʼlum bir qismining immun sistema koʻrsatkichlarini oʻrganib, har xil xududlar aholisi uchun Immun statusning bir necha turini belgiladi.

Oʻzbekiston aholisining Immun statusi Uzbekiston FA Immunologiya institutы xodimlari tomonidan oʻrganiladi. Dastlabki natijalarga koʻra, respublikaning har xil viloyatlari aholisida gumoral immunitet supressiyasi bor, hujayraviy immunitet koʻrsatkichlari meʼyorida yoki qisman pasaygan; gumoral boʻgʻim faollashgan. Immun status hamda uning aralash turi kuzatiladi (bunda hujayraviy boʻgʻim supressiyasi va gumoral boʻgʻimning maʼlum bir koʻrsat-kichlari oshadi). Bu holatlarni shu geo-grafik-iqlim hududida yashovchi xalq immun sistemasining tabiiy sharoitga moslashuvi sifatida qabul qilish mumkin.


Lotin alifbosida maqola: IMMUN STATUS haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: I harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



SOGʻLIQNI SAQLASH
YER
GEOGRAFIYA
TIBBIYOT
KIMYO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты