IMOM

IMOM (arab. — oldinda turuvchi) — namozda oldinda turuvchi, gʻoyaviy rahbar, musulmon jamoasi boshligʻi. Kundalik xayotda mayejidda jamoa namozining rahbarini Imom deb ataydilar. Imom vazifalarini ayni bir odam bajarishi mumkin, ammo Imom mansab qam, kasb ham hisoblanmaydi: u haqiqatda namozni boshqarib turganligi uchungina Imom deb eʼtirof qilinadi. Mahalla va qishloq mayejidlarida, odatda, diniy maʼlumoti bor odam Imom hisoblanadi. Jome mayejidlarining Imomi maxsus diniy maʼlumotga ega va dindorlar oʻrtasida obroʻ qozongan boʻlishi kerak. Namozda kimlar imom boʻlishga haqliroq ekani fiqh kitoblarida bayon qilingan.

Islom dini paydo boʻlgan dastlabki yillarda Imom vazifasini Muhammad (sav), u zotning vafotlaridan soʻng esa xalifalar bajargan. Muhammad (sav) va dastlabki xalifalar namozda oldinda turuvchilargina emas, shu bilan bir vaqtda qavm boshliklari ham edilar, bi-nobarin Imom — xalifa amalda oliy diniy va siyosiy rahbar hisoblangan. Nazariy jihatdan yagona musulmon jamo-asida Imomni oliy diniy va dunyoviy hokim sifatida tasavvur qilish ana shundan boshlangan. Aynan kimni qonuniy Imom deb hisoblash kerak va uning hokimiyatining mohiyati qanday, degan masaladagi baqslar musulmonlarning sunniylar va shialarga boʻlinishiga sabab boʻldi. Sunniylarning oliy hokimiyat nazariyasiga koʻra, xalifa barcha musulmonlarning Imomi hisoblanadi.

Xalifa — I. ning asosiy vazifasi — dinni saqlash va dunyoviy ishlarni boshqarish. I. diniy qonunqoidalar qavm hayotiga toʻgʻri joriy qilinayotganligini kuzatib borishi kerak. Sunniylar, shuningdek, xorijiylar I. ni qavmning vakili hisoblaydilar, u nazariy jihatdan butun qavm tomonidan, amalda esa uning vakillari tomonidan saylanadi yoki oʻtmishdoshi tomonidan tayinlanadi.

Shialar nazariyasiga koʻra, Imom larning oliy hokimiyati xudo tomonidan belgilab qoʻyilgan, shu sababli u odamlarning xohishiga bogʻliq boʻlishi mumkin emas, yaʼni Imom saylanishi mumkin emas (I. ning saylab qoʻyilishiga faqat zaydiylar qarshi emasdilar). Avval boshdan Imomning saylanish qoidasini rad etgan shialar musulmonlar qavmi va davlatining oliy hokimiyati Ali avlodlariga meros hisoblanadi, chunki ularning huquqi ilohiy koʻrsatma bilan belgilab qoʻyilgan, deb eʼlon qildilar. Biroq Ali avlodlari tabiiy ravishda boʻlinib, tarqalib keta borgan sari oliy hokimiyatga daʼvogarlik qilishi mumkin boʻlganlar soni kupaya bordi. Ali avlodlarining turli shajarasi vakillarini Imom sifatida tan olgan shialik har xil oqim va jamoalarga boʻlinib ketdi. Zaydiylar, ismoiliylar, imomiylar, «keskin» shialar oliy hokimiyatni berish qoidasi, Imomning huquq va burchlari, Imom larning hukmron sulola bilan hamkorlik qilishi mumkinligi, ularning «adolatsiz» hukmdorlarga munosabati va h. k. masalalarni turlicha talqin qildilar. Koʻpchilik uchun hoz. vaqtda Ali avlodlari boʻlgan haqiqiy Imom yoʻq. Shialarning diniy rahnamolari — «din odamlari» (rijal ad-din) uning toʻla huqukli vakillaridir.

Imom istilohi shialik va sunniylikda, shuningdek, yirik diniy rahna-molar, katta qavmlarning rahbarlari, diniy mazhab va maktablar asoschilari (Abu Hanifa, al-Ashʼariy, Humayniy va h. k) ga hurmat yuzasidan ham qoʻllaniladi.


Lotin alifbosida maqola: IMOM haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: I harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ISLOM
TOSHKENT
MAHALLA
XITOY
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты