IMPULSLAR GENERATORI

IMPULSLAR GENERATORI — kuchlanish yoki tok impulslari hosil qiladigan qurilma. Hosil boʻladigan impulslar muddati (1 s dan 10 ne gacha), takrorlanish chastotasi (0,1 Gs dan 100 MGs gacha), generatsiyalanadigan tebranishlar shakli (toʻgʻri toʻrtburchak, oʻtkir uchli, arrasimon va b.) boʻyicha farqlanadigan bir necha turi bor. I. g. bir kanalli (bir chiqishli) va kup kanalli (ikki va undan ortik, chiqishli) qilib ishlab chiqariladi. Bunda chiqish signallari turli qutbli va darajali boʻladi. Impulslar generatorida tebranish konturi boʻlmaydi, impulslar elektron klapanlarning ochilib-yopilib turishidan hosil boʻladi. Klapanlar sifatida transformator, elektr lampa yoki diodlar ishlatiladi. Elektron klapan berk vaktida energiya yigʻiladi, ochilishi bilan tashqi zanjirga impuls shaklida uzatiladi. Impulslar generatori radiotexnika va radioelektron apparatlarda, radiolokatsiya va hisoblash texnikasida qoʻllaniladi.


Lotin alifbosida maqola: IMPULSLAR GENERATORI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: I harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



IMPULSLAR TEXNIKASI
YER
TOSHKENT
XITOY
TRANSFORMATOR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты