IMPULSLAR TEXNIKASI — elektr impulslarni hosil qilish (generatsiyalash), kuchaytirish, oʻzgartirish va ulardan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan texnika sohasi. Bunday impulslar relaksatsiyalovchi generatorlar (multivibratorlar, blokinggeneratorlar va b.) yoki boshqa generatorlar yordamida hosil qilinadi. Impuls rejimda ishlaydigan (elektr signallar uzlukli beriladigan) im-pulsli lampa va yarimoʻpgkazgichli asboblar elektr impulslar manbai va kuchaytirgichlari boʻlib xizmat qiladi. Elektr impulslarning turli elektr zanjirlar, qurilmalar va obyektlarga taʼsiridan vujudga keladigan jarayonlar ham Impulslar texnikasida tadqiq qilinadi.
Impulslar texnikasida elektr impulslarining turli shakllaridan foydalaniladi. Elektr impulsi — tok yoki kuchlanish impulsi qisqa vaqt (x) ichida taʼsir etadi va aniq T vaqt (takrorlanish davri) oraligʻida takrorlanadi.
Impulslar texnikasida qoʻllaniladigan impulslarning davomiyligi x = 0,1 s dan 1 nano s gacha (1ns = 10~9 s), takrorlanish davri esa T= 10 — 106 x. Impulslar quvvati oʻnlab mln. vatt gacha boradi. Impulslar ikkiga boʻlinadi: videoimpulslar va radioimpulslar. Video-impulslar — kuchlanish va tokning qisqa vaqt ichida noldan maksimumga va maksimumdan nolga tushishi. Radioimpulslar qisqa vaqt ichidagi yuqori chastotali garmonik tebranishlar ketma-ketligidan iborat. Impulslar amplitudasini yoki qutbliligini oʻzgartirishda impulsli transformatordan iborat boʻlgan transformator zanjiri qoʻllaniladi. Impulsning davomiyligini kamaytirishda induktivlik gʻaltagi, elektr kondensatorlar va rezistorlardan iborat differensiyalovchi zanjirlardan; oshirishda esa tarkibida kondensator va rezistorli integratsiyalovchi zanjirlardan foydalaniladi.
Impulsli rejim televideniyeda keng qoʻllaniladi: tasvir va sinxronlash signallari impulsli signallar hisoblanadi. Radioimpulslar yordamida masofani oʻlchash usullari ishlab chiqilgan; natijada radiolokatsiya va radionavigatsiya ancha taraqqiy etdi. Uzokdan turib radioboshqarishda impulsli rejimdan foydalanish ancha samarali hisoblanadi. Yer sunʼiy yuldoshlarinm, kosmik kemalar va b. ni Yerdan turib boshqarish mumkin. Axborot-oʻlchash texnikasida ham impulsli usullarning ahamiyati katta. Zamonaviy elektron hisoblash mashinalarining ishi Impulslar texnikasi usullari va vositalariga asoslanadi. Impulslar texnikasi usullari, ayniqsa radioulchash kurilmalarida juda qoʻl keladi.
Elektrotexnikaning yuqori (102 V dan 107 V gacha) kuchlanish va kuchli (102o dan 107 a gacha) tok impulslarini hosil qilish, oʻlchash va ulardan foydalanish b-n shugʻullanadigan sohasi yuqori kuchlanishli Impulslar texnikasi deb ataladi. Bunday impulslar davomiyligi 10~ dan 1SN0 s gacha. Ulardan elektrotexnika apparatlarini sinashda, yashin qaytarish qurilmalarini modellashda, eksperimental fizikada foydalaniladi. Kuchli tok impulslari termoyadro kurilmalarida, zaryadli zarralar tezlatkichlarida, aerodinamik va termoyadro tadqiqotlarida, elektrotexnika kurilmalari va kommutatsiya apparatlarini sinash va b. sohalarda koʻllaniladi. Bunday impulslar elektr generatorlar, akkumulyatorlar, kondensator batareyalari va b. yordamida hosil kilinadi.