IMTIYOZLAR — muayyan sabablarga koʻra yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan afzallik. Imtiyozlar davlat qonunlari va b. qonun xujjatlariga binoan — fuqarolarga, shuningdek, jamoat birlashmalari tomonidan maʼmuriyat qaroriga muvofiq — uning aʼzolariga tayinlanishi mumkin. Imtiyozlar berilgan shaxs belgilangan qoidalardan istisno tariqasida muayyan majburiyatlarni bajarishdan toʻla yoki qisman ozod qilinadi yoxud ularni bajarish soqasida muayyan qulayliklardan foydalanadi. Soliq, pensiya taʼminoti, kommunalmaishiy xizmatlar uchun toʻlovlar kabi sohalardagi Imtiyozlar davlat tomonidan belgilanadi. Imtiyozlar qonun xujjatlari bilan belgilangan taqdirda uning foydalanuvchilar doirasi, foydalanish shartlari, tartib kridalari, yuzaga kelish va tugatilish asoslari koʻrsatiladi. Imtiyozlar yuridik shaxslarga ham (mas, soliqlar toʻlashdan butunlay yoki maʼlum muddatga, toʻla yoxud qisman ozod qilish, imtiyozli shartlarda kredit bilan taʼminlash borasida va h. k.), jismoniy shaxslarga ham berilishi mumkin. Imtiyozlar tayinlashda fukarolarning teng xuquqliligi va adolat tamoyillariga qatʼiy amal qilinadi. Qonunda koʻzda tutilmagan Imtiyozlar berilishiga va qonuniy imtiyozlardan foydalanishda monelik qilinishiga yoʻl koʻyilmaydi. Oʻzbekistonda davlat tomonidan Imtiyozlarlar tayinlashga oid qonun-qoidalar Mehnat kodeksining 224—238 – va 248 — 258-moddalarida belgilab qoʻyilgan.